. . . ЗАКОВАТ КИТОБИ

 Дақиқа қадри

Азиз мухлислар!
Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин.



Онлайн ўқиш


. . . Алоқа учун

Кўрсатув муаллифи
Абдурасул Абдуллаев
zakovat@mtrk.uz  

Савол йўллаш
zakovat@mtrk.uz

Ҳомийлар учун
Тел: (8-371) 223-46-32

Сайт администратори
Саидакром Расулов
s.raculev@gmail.com  

. . . Ҳисоблагич


 
Билимдонлар оламига хуш келибсиз!             

Oliy Liga-2009 : Qoidalar

2009 yilgi Oliy liga televizion o‘yin qoidalari

I. Jamoalar tarkibi

       1-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘ta olgan 4 jamoa Oliy Liga o‘yinlarida ishtirok etish uchun “Zakovat” Intelutual klubi Raisi nomiga ariza beradi. Unda 2009 yilgi Oliy Ligada ishtirok etadigan 6 ta asosiy va 1 ta zahira o‘yinchining ismi-sharifi va u haqida qisqacha ma’lumot aks etishi kerak.

II. Savollar tarkibi

       Oliy Liganing har bir o‘yini oldidan o‘yin stolida muxlislardan kelgan 12 ta (shundan 1 ta blits, 1 ta super-blits va 1 ta internet) savollar bo‘ladi.
       • Muxlislardan kelgan savol – bu 60 soniyaga mo‘ljallangan savol bo‘lib jamoa to‘g‘ri javob bergandagina ochko oladi, aks holda ochko savol mualliflari, ya’ni tomoshabinlar hisobiga yoziladi. Har bir o‘yin avvalida ular 9 ta bo‘ladi;
       • Blits savoli – bu har biri 20 soniyaga mo‘ljallangan 3 ta savoldan iborat bo‘lib jamoa barcha 3 ta savolga to‘g‘ri javob bergandagina ochko oladi, aks holda ochko savol mualliflari, ya’ni tomoshabinlar hisobiga yoziladi;
       • Super-blits savoli – bu har biri 20 soniyaga mo‘ljallangan 3 ta savoldan iborat bo‘lib, faqatgina jamoaning bir vakili qolib barcha 3 ta savolga to‘g‘ri javob bergandagina ochko oladi, aks holda ochko savol mualliflari, ya’ni tomoshabinlar hisobiga yoziladi;
       • Internet savoli – bu “Zakovat” Intellektual klubining elektron manziliga (zakovat@mtrk.uz) kelib tushgan savollardan tanlanib olinadi. Savolni muhokama qilish uchun jamoaga 60 soniya vaqt beriladi.
       • 12 raqamli savol - Bu savolni ko'rsatuv muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayevning o'zi bilimdonlar yoniga chiqqan holda beradi. Savolni muhokama qilish uchun jamoaga 60 soniya vaqt beriladi.

III. Jamoalar o‘yinlarining tuzilishi

     Birinchi bosqichda Oliy Ligaga yo’llanma olgan 4 jamoa Oliy Liga o‘yinlarida reyting jihatdan pastdan yuqoriga qarab, 2 tadan uchrashuv o‘tkazadilar.
     Ikkinchi bosqichda eng yaxshi natijaga ega bo’lgan 3 jamoa reyting jihatdan pastdan yuqoriga qarab 1 tadan uchrashuv o‘tkazadilar.
     So‘ngra 2 ta yarim final jamoasi ma’lum bo‘lgach, yana 1 tadan o‘yin o‘tkazadilar va eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa finalga yo‘l oladi.
     Agar ochkolar teng kelib qoladigan bo’lsa, unda eng oxiri bo’lib o’ynagan jamoa keyingi bosqichga yo’l oladi. Bu qoida barcha bosqichlarda amal qiladi.
     Eng qizig‘i jamoalarning Oliy ligadagi o‘yinlari natijalari turdan-turga saqlanib qoladi.

IV. Boshqa qoidalar

      Vabank (Hal qiluvchi raund) – bunda jamoa 5 ochkoni qo‘lga kiritgach, uning ixtiyoriga ko‘ra bitta vakili qoladi va o‘yin natijasi boshlanish ko‘rinishini aks etadi, ya’ni 0:0. Savolga to‘g‘ri javob berilgan taqdirda o‘yin 6:0 va aks xolda 0:6 ko‘rinishini oladi. Agar jamoa hali 5 ochko to’plab ulgurmagan bo’lsa, vabank olishga yo’l qo’yilmaydi.
      Klub yordami – bu jamoa mag‘lubiyatga uchrayotgan yoki durang natija qayt etilayotgan paytda olishi mumkin bo’lgan yordam turi. Bunda klubning barcha vakillari 20 soniya ichida o‘yin stolidagi jamoaga o‘z varintlarini aytishlari mumkin. Agar jamoa yutayotgan bo’lsa, klub yordami olishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, Blits va Super-blits savollarida hamda vabank raundi o’ynalayotganda ham klub yordami berilmaydi.
      Qo’shimcha vaqt – agar jamoa biror savolga muddatidan oldin, 5 sekund ichida javob bersa va o’sha javob to’g’ri bo’lsa, unda jamoa keyingi raundlarning istalgan birida qo’shimcha vaqt olishi mumkin. Blits va Super-blits savollarida qo’shimcha vaqt berilmaydi.




























Кейинги ўйин

 
Олий Лига-2018.

2-тур. 7-ўйин.

Аваз Нўмонов  
жамоаси

29 июл
Соат 21:40


"Ўзбекистон" телеканали



Охирги ўйин

Олий лига-2018.
2-тур. 6-ўйин.

5-6

Аббос Салайдинов жамоаси

Олий лига-2018 2-тур натижалари

Жамоа Ҳисоб
1 Отабек Хамзаев 4-6
2 Фируз Хўжаев 
1-6
3 Жобир Аҳмедов 
6-4
4 Саидакром Расулов 
6-2
5 Фарруҳ Рафиқов 
6-5
6 Аббос Салайдинов 
5-6
7 Аваз Нўмонов 


Саралаш-рейтинг 2017/2018 (Якуний натижалар)

Жамоа
O
1
Жобир Аҳмедов 
105
2
Ренессанс
96
3
Фаррух Рафиков
94
4
Тайм
93
5
Менса
91
6
Но Коммент
88
7
Легион
84
8
Эсперо
84
9
Бинго
81
10
Асрор Норкулов
69

2017/2018 Мавсум ўйинлари якуний натижалари

Жамоа
Очко Мавсумдаги
ўринлари
1
Жобир Аҳмедов 
30 1, 1, 1
2
Ренессанс
23 5, 2, 3
3
Фаррух Рафиков
20 8, 3, 2
3
Легион 20 4, 5, 4
3
Эсперо
20 2, 6, 5
6
Тайм
16 3, 8, 6
7
Бинго
13 6, 7, 7
7
Менса
13 7, 4, 9
9
Но Коммент
6 10, 9, 8
10
Сино
3 9, 10, 11


Сўровнома

"Заковат" Интеллектуал ўйинини кўриб борасизми?

Заковат - Facebook да!