![]() . . . ЗАКОВАТ КИТОБИ![]()
Азиз мухлислар! Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин. ![]() Онлайн ўқиш . . . Алоқа учун
Кўрсатув муаллифи
Ҳомийлар учун
Сайт администратори . . . Ҳисоблагич |
Oliy Liga-2009: O'yinlar
BOBUR YOQUBOV JAMOASI 2009-YILGI OLIY LIGA O’YINLARI CHEMPIONI!!!
![]()
BOBUR YOQUBOV JAMOASI FINALDA!!!
Nihoyat Oliy Liga o'yinlari ham oxiriga yaqinlashib, Finalda o'ynaydigan jamoa nomi ham aniqlandi. Bo'lib o'tgan ikkita yarim final bahsidan so'ng, Bobur Yoqubov jamoasi ushbu yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Aytish joizki ikkinchi yarim final o'yini ancha ehtiroslarga boy bo'ldi. O'tgan turdagi G'anisher Rahmatullayev jamoasining mag'lubiyati natijasida jamoa 3:6 hisobida yengilsa ham Finalga chiqishi mumkin edi. Shuning uchunmi o'yin boshida jamoa ancha yengil o'ynadi. Bu esa o'yinga salbiy ta'sir ko'rsatdi va hisob 1:5 ko'rinishiga keldi. Bu ancha kutilmagan natija edi. Ammo Bobur Yoqubov jamoasi bunday qiyin vaziyatda o'zini yo'qotib qo'ymadi va mag'lubiyatdan chiqib ketish yo'lini topa oldi.
YARIM FINALNING ILK O'YINI MAG'LUBIYAT BILAN TUGADI
2009-yilgi Oliy Liga o'yinlari ham o'z nihoyasi sari tobora yaqinlashmoqda. Kecha yarim finalning ilk o'yini G'anisher Rahmatullayev jamoasi bilan bo'lib o'tdi.
G'anisher Rahmatullaev jamoasiga bir oz omad yetishmadi
Oliy Liganing chorak final 2-o'yini hisoblangan G'anisher Rahmatullayev jamoasining o'yini ancha qaltis boshlandi. Avvaliga hisob 0:3 ko'rinishiga ham keldi. Ammo jamoa o'zida kuch topa oldi va qolgan savollarni butun jamoa bo'lib o'ylash, bir-birini fikrini to'ldirish va shunga o'xshash omillar evaziga hisobni 5:5 ko'rinishiga olib borishdi. Biroq yakunda 5:6 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.
YANA 4:6 VA JOBIR AHMEDOV JAMOASI OLIY LIGANI TARK ETDI
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]()
31-may kuni "Zakovat" Oliy Liga o'yinlarining 2009-yilgi mavsumi doirasida Chorak Finalning dastlabki uchrashuvi Jobir Ahmedov jamoasi bilan bo'lib o'tdi. Jamoa ketma-ket uchinchi marta bir xil 4:6 hisobini qayd etdi. Aslida ushbu o’yin juda qiziqarli va shiddatli o’tishi kutilayotgan edi. Sababi Jobir Ahmedov jamoasi uchun faqat g’alaba zarur edi. Agar ular har qanday hisobda mag’lubiyatga uchrashsa ham Oliy Ligani tark etishlariga to’g’ri kelardi.
Bobur Yoqubov jamoasi ham g'alaba qozondi
17-may kuni Oliy Liga o’yinlarining 2-turiga yakun yasovchi Bobur Yoqubov jamoasining o’yini bo’lib o’tdi. Yodingizda bo’lsa, Bobur Yoqubov jamoasining 1-o’yinida 5:6 hisobidagi natija qayd etilgandi. Bu safar ham oxirgi raunddan oldin tablodagi hisob 5:5 edi. Lekin o’tgan safargidan farqli ravishda bu safar jamoa so’ngi raundni o’z foydasiga hal qila oldi va Oliy Ligadagi o’zining ilk g’alabasini nishonladi. OLIY LIGADAGI UZOQ KUTILGAN ILK G'ALABA! Nihoyat, Oliy Liganing 7-o'yiniga kelib bilimdonlar jamoasi ilk g'alabaga erishishdi. 2-turning 3-o'yini hisoblangan G'anisher Rahmatullayev jamoasining o'yini ancha ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Birinchi o'yinda qayd etilgan yirik hisobdagi mag'lubiyat jamoaga ijobiy ta'sir qilgan va ular ushbu o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rishgan edi. Savolni butun jamoa bo'lib o'ylash, bir-birini fikrini to'ldirish va shunga o'xshash omillar g'alabaning asosiy kaliti bo'lib xizmat qildi. BOBUR IMOMOV JAMOASI QIYIN AHVOLGA TUSHIB QOLDI ![]() 19-aprel kuni 2009-yilgi Oliy Liga bahslarining 2-turning navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinda Oliy Liga debyutanti hisoblanmish Bobur Imomov jamoasi ishtirok etdi. Jamoa birinchi turda 1:6 hisobida yirik mag’lubiyatga uchragandi. Ammo ushbu mag’lubiyat jamoa ruhiyatiga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatmaganini guvohi bo’ldik. O’yin ancha qiziqarli bo’lib o’tdi. JOBIR AHMEDOV JAMOASIDA YANA 4:6! ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() 5-aprel kuni "Zakovat" Oliy Liga o'yinlarining 2009-yilgi mavsumi doirasida 2-turning dastlabki uchrashuvi Jobir Ahmedov jamoasi bilan bo'lib o'tdi. O’yin xuddi birinchi turdagi kabi 4:6 hisobida yakun topdi. Bobur Yoqubov jamoasi ilk g'alabaga juda yaqin edi Yurtimizda yangilanish va yosharish bayrami bo’lmish Navro’z ayyomi shukuhi kezib yurgan bir paytda, "Zakovat" Intellektual o’yinlarida Oliy Liga bahslarining 1-turidagi eng so’ngi o’yin o’tkazildi. Ushbu o’yinda 2009-yilgi Oliy Liga Saralash bahslarining g’olibi Bobur Yoqubov jamoasi ishtirok etdi. Aytish mumkinki, bo’lib o’tgan o’yin qiziqarli vaziyatlarga va ehtiroslarga boy hamda bayramona ruhda o’tdi. G'anisher Rahmatullayev jamoasi Oliy Ligadagi o'yinlarini boshladi Bahorning ilk kunida Oliy Liga bahslarining navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi. O'yinda "Zakovat" Intellektual klubining eng tajribali jamoalaridan biri G'anisher Rahmatullayev jamoasi ishtirok etdi. O'yin ancha qiziqarli hamda murosasiz davom etdi. Oliy Ligadagi debyutant jamoa yirik hisobdagi mag'lubiyatga uchradi 15-fevral kuni 2009-yilgi Oliy Liga bahslarining 1-turning navbatdagi o'yini bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinda Oliy Liga debyutanti hisoblanmish Bobur Imomov jamoasi ishtirok etdi. Ilk o'yinda jamoaning yangi tuzilganligi va o'zaro bir-birini tushunish uchun yana vaqt kerakligi ko'zga tashlandi... Oliy Liga-2009 ning ilk o'yini bo'lib o'tdi ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() 1-fevral kuni "Zakovat" Oliy Liga o'yinlarining 2009-yilgi mavsumi boshlandi. Oldin ma'lum qilganimizdek, 1-o'yin Jobir Ahmedov jamoasi ishtirokida bo'lib o'tdi. O'yin ancha qiziqarli va shiddatli ko'rinish oldi. Garchi jamoa mag'lubiyatga uchragan bo'lsada.... Кейинги ўйинОлий лига-2018 1-тур натижалариСаралаш-рейтинг 2017/18 (8-тур)Баҳорги мавсум ўйинлари (8-тур)
СўровномаЗаковат - Facebook да! |
|||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
||||||||||||||||||||||||||||||||||
Copyright © MTRK, 2008-2017.
All Rights Reserved. |
|