. . . ЗАКОВАТ КИТОБИ

 Дақиқа қадри

Азиз мухлислар!
Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин.



Онлайн ўқиш


. . . Алоқа учун

Кўрсатув муаллифи
Абдурасул Абдуллаев
zakovat@mtrk.uz  

Савол йўллаш
zakovat@mtrk.uz

Ҳомийлар учун
Тел: (8-371) 223-46-32

Сайт администратори
Саидакром Расулов
s.raculev@gmail.com  

. . . Ҳисоблагич


 
Билимдонлар оламига хуш келибсиз!             

"Zakovat" - millionlar o'yini

   
"Hamisha men bilandir qayga borsam ilmu urfonim ", — deb yozgandi mutafakkir shoirlardan biri. Haqiqatan ham, olimu ulamolar, ilmda zukkolar har qanday jamiyatni yoritguvchi nur sohiblaridir.
"O’zbekiston" teleradiokanalining "Zakovat" intellektual dasturi yildan yilga ommalashib bormoqda. "Uning muxlislari shunchaki kuzatuvchi bo‘lib qolmay, o‘zlarini yoki tomoshabinlar, yoki klub a’zolari safida his etib bellashuvni hayajon, ishtiyoq bilan kuzagishlarini hisobga oladigan bo‘lsak, "Zakovat" — millionlar o‘yini", — deb suhbatni boshladi dastur muallifi va boshlovchisi Abdurasul ABDULLAYEV.

— Avvalo butun dunyoga, shu jumladan bizning ona diyorimizga ham oppoq poyondoz to‘shab, qalblarga shirin orzular baxsh etib kirib kelgan Yangi yil barcha "Zakovat"chilarga, ularning muxlislariga muborak bo‘lsin! Bu intellektual o‘yinning natijalari aniq hisob-kitobga asoslanganligi uchun sizga beixtiyor «2007 yil yakunlaridan ko‘ngillaringiz to‘ldimi?» deb savol bergimiz keldi...
— Tabrik uchun tashakkur. Savolingizga kelsak, unga bitta gap bilan javob qaytarib bo‘lmaydi. Ilm olish "igna bilan quduq qazish"ga o‘xshatiladi. Klubimiz faoliyatining ham o‘ziga xos murakkabliklari bor. Lekin bu yil kutilmagan sinovlar har doimgidan ham ko‘proq bo‘ldi, sabr va tadbirkorlik bilan ularni yengib o‘tdik, deb o‘ylayman. Eng katta muvaffaqiyatlarimiz shuki, «Zakovat»chilar safi yana ham kengaydi. Professorlardan iborat bo‘lgan bilimdonlar jamoasi ham qo‘shildi.
— Adashmasam, "Zakovat" klubi bu yil yettiga to‘ladi, ya’ni maktab yoshiga yetadi, shundaymi?
— Ha, ko‘rsatuvimizning ilk soni 2001 yilning 24 mart kuni efirga uzatilgandi. Bu o‘yinning asoschisi, loyiha muallifi va boshlovchisi moskvalik Vladimir Yakovlevich Voroshilov, uning kitoblarini o‘qib ko‘p narsani o‘rganganman. "Aqp yoshda emas, boshda" deganlarideq, o‘tgan yetti yil ichida yuzlab bilimli, iqtidorli yoshlar o‘z aqlu idrokini mana shu klubda charxladi. Teleekran qarshisidagi millionlab muxlislarning ham dunyoqarashi kengayishi, hayot va olam sirlarini o‘rganishlarida "Zakovat" dasturi o‘ziga xos bir maktab bo‘ldi, deb o‘ylaymiz. Atak-chechak qadam bosishlarimiz oson bo‘lmagan. Ko‘rsatuvimizning shaklu shamoyili boshqa dasturlardan tubdan farq qiladi. Muxlislar ekranda uning tayyorini tomosha qiladi, lekin ungacha bo‘lgan izlanishlar, harakatlar ko‘p. Dastlabki yillar bu intellektual o‘yinni efirga olib chiqish uchun ishtirokchilarni uch, to‘rt, besh oylab tayyorlaganmiz.
— Ularni qanday tanlab olgansizlar?
— Tanlov judayam oddiy bo‘lgan. "Zakovat" klubi tuzilayotganligi haqidagi e’lonni eshitib kelgan talabgorlarga o‘n-o‘n beshtalab oddiy-oddiy savollar berganmiz. Savol-javoblar natijasiga qarab dunyoqarashi kengroq, bilim doirasi mukammalroq bo‘lgan bolalarni tanlab olganmiz-da! Ular bilan keyin mashg‘ulot o‘tkazilgan.
— Mashg‘ulot deganda yana o‘qish, o‘rganish tushuniladimi?
Albatta, bilimdonlikka intilganlar uchun o‘qish, o‘rganish har kungi ehtiyoj. Lekin bizning mashg‘ulotlarda jamoalarni efirga olib chiqishga tayyorlash ham asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Hozir Toshkent shahrida o‘ttizta bilimdonlar jamoasi shakllangan. Bir qarashda ularning hammasi o‘yinga tayyor. Lekin ana shu guruhlar ichidan ham eng munosibini tanlab, tomoshabinlar bilan bellashuvga qo‘yiladi. Buning uchun o‘yingacha bo‘lgan mashg‘ulotlar paytida ularning hammasiga bir xil savol berib, yozma javoblar yig‘ib olinadi, qaysi bir jamoa eng ko‘p ball to‘plasa, u efirda tomoshabinlar bilan bellashuv huquqini qo‘lga kiritadi. Voroshilovning kitobida shunday yozib qo‘yilgan, ya’ni istagan odam zakovatchi bo‘lishi mumkin, buning uchun u yo chuqur bilimga ega bo‘lishi, yoki buni qattiq xohlab harakat qilishi kerak. Men bu fikrni klubimizning ashaddiy ishqibozlariga, o‘zlari ham kelajakda shunday jamoaning a’zosi bo‘lishni orzu qilib yurgan yigit-qizlarga alohida ta’kidlab aytaman.
— "Zakovat" dasturi boshdan oxirigacha bitta joyda, bir xil sharoitda va tomoshabinlarga juda qadrdon bo‘lib qolgan yigit-qizlar ishtirokida tayyorlanadi. Lekin shunga qaramay, dastur o‘z muxlislarining diqqat-e’tiborini ipsiz bog‘lab oladi...
— Fikringizni tushundim. Aslida tomoshabin rang-baranglikni yoqtiradi. Bizning ko‘rsatuvimizda fikrlar xilma-xilligi, mavzular rang-barangligi, kutilmagan savol va javoblar muxlisni o‘ziga jalb qiladi. Yana eng muhimi, xalqimiz azal-azaldan ilmga, ma’rifatga intilganlarni, bilimdonlarni qadrlaydi, ularning suhbatidan bahramand bo‘lishni istaydi. Shuning uchun ham "Zakovat"ning davrasi kengayib ketdi. Men o‘zim ham juda ko‘p ko‘rsatuvlar tayyorlaganman, ularni efirga olib chiqqunga qadar o‘ziga yarasha mehnat, qiyinchiligi albatta bo‘ladi. Ammo "Zakovat"ning o‘ziga xosligi shundaki, aytaylik, "Hudud" ko‘rsatuvining har biri mustaqil dasturlar edi. Lekin "Zakovat" ishtirokchilarining bellashuvdan bellashuvga ham intellektual jihatdan, ham efirda o‘zini tutishi, faolligi, xullas, har jihatdan o‘sib borishiga erishish — bu ko‘rsatuvning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bunday rivojlanish bo‘lmasa, u o‘z nomini oqlamaydi.
— Yana bir jihatni aytib o‘tgim keladi: "Zakovat"ning muxlislari ham teleijodkorlar, uning bevosita ishtirokchilari bilan tengmateng izlanadilar, desa bo‘ladi. Chunki qiziqarli, murakkab, esda qoladigan va ibratli savollar tuzib jo‘natish uchun, shubhasiz, ular ham tinimsiz o‘qib o‘rganishlari kerak. Bu jihatdan ko‘rsatuvni haqiqiy ommabop va xalqchil dasturlardan biri, deyish mumkin, to‘g‘rimi?
— Savollar bizga oqib keladi, har oyda 5-10 minglab savollar olamiz.
— Mana shu savollar ichidan haqiqiy munosiblari tanlab olinyaptimi? Ularning hammasi e’tibordan o‘tkaziladimi?
— Bizning oshu nonimiz tomoshabinlardan keladigan mana shu savollar. Ba’zan ko‘rsatuvning xolis, noxolisligi haqida odamlar orasida mish-mishlar oralab qoladi, ya’ni «Zakovat»chilar oldindan savollar bilan tanishtirib qo‘yilar ekan yoki maslahatlashib savollar tuzilar ekan, qabilidagi gaplar. Avvalo shuni aytishim kerakki, o‘zini haqiqiy bilimdon deb bilgan yoshlar bunday ishni o‘z sha’nlariga munosib ko‘rmaydilar. Savollarning ham hammasini o‘rganib chiqamiz, faqat ularning mohiyatini o‘zgartirmagan holda tahrir qilib ishlashimiz mumkin.
— "Zakovat"chilar faqat bilimiga qarab tanlab olinadimi yoki boshqa jihatlari ham hisobga olinadimi?
— Men ulardan uch-to‘rtta ko‘ylak ko‘proq yirtganman. To‘g‘ri, iqtidorlilar, bilim doirasi juda keng bo‘lgan yoshlar ko‘p, faqat ularga hayotiy tajriba yetishmaydi, bizning o‘yinimizda esa u juda zarur.
    Shunday bir savollar bo‘ladiki, aynan hayot tajribasi, elimizning turmushi, urf-odatlari bilan bog‘liq. An’anaviy savollar desa ham bo‘ladi, lekin mana shunday o‘rinlarda "Zakovat"chilarning javob topolmay taqqa "qotib" qolgan paytlari ko‘p bo‘lgan. Chunki ular chuqur ilmiy mushohadalarga shunchalar o‘rganib qolishganki, oddiy savollar javobini ham murakkablikdan izlaydilar. Aql bilan olmagan qo‘rg‘on idrok bilan, bilim bilan topilmagan savol javobi his-tuyg‘u bilan topilishi osonlashadi. Tomoshabin his-tuyg‘usi kuchli o‘yinchilarni juda yoqtiradi. Chunki ularning o‘yinida joziba bor. Shuning uchun ham Furqat, Bobur va Jobirni tomoshabinlar yoqtiradi. Bir paytlar o‘ynab ketgan Zebo Shomilova, Farhod Akbarov degan bilimdonlarda ham xalqqa ta’sir qiladigan san’atkorona mahorat kuchli edi, hozirgi o‘ynayotgan ayrim yoshlarda mana shu xususiyat yetishmaydi. "Zakovat"chilarning nutqi ravon bo‘lishi, fikrni ko‘zlangan nuqtaga bexato urishlari shartligi ham o‘yinning talablaridan hisoblanadi. Ba’zan javobni to‘g‘ri ifodalab aytolmaganliklari uchun ham ochkoni olib qo‘ygan paytlarimiz bo‘ladi.
— Yoshlarning o‘z bilim salohiyatini sinab ko‘rish, namoyish etish uchun "Zakovat"ga kelishi juda yaxshi. Lekin barcha iqtidorli, bilimli yigit-qizlar ham bu klubga qanday a’zo bo‘lish mumkinligini, uning mashg‘ulotlarida ishtirok etish tartib-qoidalarini biladi, deb bo‘lmaydi. «Zakovat» ularga yetib borish uchun nimalar qilayapti?
— "Kamolot" YoIH xuddi shu masalada bizga bir amaliy taklif kiritdi. Viloyatlarga borganimizda, bizga juda ko‘p yoshlar murojaat qilishadi, ular «Zakovat»da qatnashishni, unga a’zo bo‘lishni istaydilar. Shuning uchun shanba kunlari "Kamolot"ning binosida mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Bu haqida ko‘rsatuvda e’lon beryapmiz, safimiz yana ham kengaymoqda. Avval bunga joyimiz torlik qilardi, endi bir vaqtning o‘zida 20-30 ta jamoa bemalol shug‘ullansa bo‘laveradi.
— Xalqimizda "Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin" degan g‘oyat ibratli bir maqol bor. Muxlislar, ixlosmandlar mexr-muhabbatini suiiste’mol qilmaslik ham yuksak madaniyat, ma’naviyat belgisi ekanligini klubning barcha a’zolari yaxshi biladilarmi?
— Men har bir mashg‘ulot oldidan ular bilan albatta dildan suhbatlashaman. Yaqinda bir institutda bo‘lgan uchrashuvda talabalar: "Nima uchun ayrim yoshlar bir-ikki marta «Zakovat»da chiqqandan keyin o‘zgarib qolishadi, o‘zlarini yulduzdek his qilishadi, deb savol berishdi. Afsuski, ba’zan shunday ham bo‘ladi... Lekin tarbiyaviy ishlarniyam davom ettiraveramiz.
— Yangi yil, yangi mavsumga rejalaringiz?
— O’ylab qo‘ygan juda katta niyatlarimiz, boshlagan xayrli ishlarimiz bor. Avvalo har bir viloyatda "Zakovat"ning bazalarini tashkil qilish uchun hamkorlarni belgilab olganmiz. Respublikamizning qaeriga ijodiy safar bilan borsam, bu o‘yinning ishqibozlari qanchalar ko‘p ekanligini ko‘rib, yuragim to‘lqinlanib ketadi. Yoshi, sohasi, kasbi turlicha bo‘lgan odamlar orasida bilimlilarni qadrlaydigan, o‘zi ham ilmu ma’rifat, madaniyat, ma’naviyat sirlaridan voqif bo‘lishni istaganlar behisobligidan quvonaman.
    Eng katta rejamiz shuki, «Zakovat»ni katta bir harakatga aylantirib, iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan tashkilotga aylantirish. Buning uchun ibrat olsa bo‘ladigan tajribalarni ko‘rib kelganmiz, ularni qo‘llash rejamizda bor. Masalan, hamma yoshlar ham sakrab o‘ynaydigan yoki shovqin-suronli qo‘shiqlar aytiladigan diskotekalarga qiziqmaydi. Bilimga, mushohadali bahslashuvlarga, o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lgan yigit-qizlar uchun maxsus kafe ochish mumkin.
Yana bir yaxshi tajriba to‘g‘risida gapirmoqchiman. "O’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi o‘tgan yili o‘zining birlashmalari o‘rtasida "Zakovat"chilar bellashuvini o‘tkazdi. Xuddi shuningdek, respublikamizning yirik-yirik korxona, tashkilotlari ham o‘z xodimlari o‘rtasida bilimdonlar musobaqasini tashkil etsa, yoshlarning kasbiy bilim va mahoratlari ortishiga, umuman mushohadalari kengayishiga hissa qo‘shgan bo‘lardilar. Sport bo‘yicha, badiiy havaskorlik, milliy hunarmandchilik yo‘nalishida o‘tkazilgan tanlovlar, bellashuvlar kabi bu sohada ham musobaqalar o‘tkazish an’anaga aylanishini orzu qilaman.
   2008 yilning mamlakatimizda "Yoshlar yili" deb e’lon qilinishi juda ko‘p va xo‘b maqsadlarimizning amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi, deb o‘ylaymiz. Qisqa muddat ichida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda katta rejalar tuzdik. Bunga ko‘ra, fevral oyida Qarshi shahrida "Zakovat"chilarning respublika chempionatini, so‘ngra Buxoroda oliy o‘kuv yurtlari talabalari o‘rtasida intellektual turnirni, may oyida intellektual o‘yinlar kubogini o‘tkazish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Quvonarli hol shuki, klublarimiz a’zolarining asosiy qismi — yoshlar. Yaqin fursatda litseylar, kollejlarda ham "Zakovat" klubining shahobchalari tashkil etiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ona O’zbekistonimiz kelajagi bo‘lgan yigit-qizlar chin ma’nodagi ilmu zakovatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishiga xissa ko‘shayotganimiz — mehnat va izlanishlarimizga berilgan eng katta mukofot.

Кейинги ўйин

 
Олий Лига-2018.

Махсус ўйин

Абдуғани Иноятов  
жамоаси

23 декабр
Соат 18:40


"Ўзбекистон" телеканали



Охирги ўйин

Олий лига-2018.
ЯРИМ ФИНАЛ. 3-ўйин.

3-6

Саидакром Расулев жамоаси

Олий лига-2018 Ярим Финал натижалари

Жамоа Ҳисоб
1 Аваз Нўъмонов  1-6
2 Жобир Аҳмедов 
6-5
3 Саидакром Расулев 
3-6

Саралаш-рейтинг 2018/2019 (3-тур)

Жамоа
O
1
Жобир Аҳмедов
31
2
Фаррух Рафиқов
29
3
Асрор Норқулодов
26
4
Ренессанс
26
5
Эсперо
24
6
Тайм
21
7
Менса
20
8
Но Коммент
19
9
Сайёд
19
10
Бинго
18

Қишки мавсум ўйинлари 2018/2019 (2-тур)


Жамоа
O
1
Эсперо
18
2
Жобир Аҳмедов
17
3
Фаррух Рафиқов
15
4
Ренессанс
13
5
Легион
12
6
Менса
11
7 Тайм 
11
8
Сайёд
7
9
Асрор Норқулов 
5,5
10 Но Коммент
4

Кузги мавсум ўйинлари 2018/2019 (12-тур)


Жамоа
O
1
Эсперо
92,5
2
Жобир Аҳмедов
88,5
3
Ренессанс
85,5
4
Фаррух Рафиқов
78,5
5
Легион
61,5
6
Менса
55,5
7 Тайм
41
8
Сайёд
35
9
Сино
35
10 Асрор Норқулов
29

Сўровнома

"Заковат" Интеллектуал ўйинини кўриб борасизми?

Заковат - Facebook да!