. . . ЗАКОВАТ КИТОБИ

 Дақиқа қадри

Азиз мухлислар!
Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин.



Онлайн ўқиш


. . . Алоқа учун

Кўрсатув муаллифи
Абдурасул Абдуллаев
zakovat@mtrk.uz  

Савол йўллаш
zakovat@mtrk.uz

Ҳомийлар учун
Тел: (8-371) 223-46-32

Сайт администратори
Саидакром Расулов
s.raculev@gmail.com  

. . . Ҳисоблагич


 
Билимдонлар оламига хуш келибсиз!             

Abdurasul Abdullayev: ""Zakovat"ni tashkil qilganimdan afsuslanmayman!" (Intervyu)

Xabaringiz bor www.zakovat.mtrk.uz sayti teletomoshabinlardan keladigan savollar orqali "Zakovat"   muallifi va bilimdonlari bilan internet orqali intervyu tashkillashtirishni e'lon qilgandi. Ilk intervyu ko'rsatuv boshlovchisi Abdurasul Abdullayev bilan bo'lishi ma'lum qilingach, muxlislardan ko'p sonli savollar oldik. Ushbu savollarga “Zakovat” Intellektual klubi muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev javob beradilar. (Administrator)

 

Avvalo veb-saytimiz orqali men bilan muloqatga kirishgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Savol-javobni ham aynan sayt haqida berilgan savollardan boshlasak.

- Alisher Muxamedov degan muxlisimiz veb-saytni yanada kuchaytirish va mashg‘ulotlardagi savollarni ham kiritish mumkinmi, - deb so‘raganlar.

Yaqin 4-5 oy ichida veb-saytni shu darajaga kelishida ko‘p mehnat va harakatlar bo‘lganligini aytib o‘tishim kerak. Saytimizning asosiy vazifasi klub haqida ma’lumot berish bilan birga, unga kiradigan har bir insonni bilimdonlik olamiga olib kirish. Iloji boricha yangilik va xabarlarni zudlik bilan yoritish. Har oyda intellektual turnirlar tashkil etganimiz va unda qancha jamoa qatnashayotgani, ular soni kundan-kunga oshib borayotganini imkon boricha yoritib borayapmiz. Aynan veb-sayt ochilgach jamoalar soni oshib ketgani ham internetni bugungi tutgan o‘rni hayotimizda naqadar beqiyos ekanligini isbotlaydi.

Biz shuningdek qo‘ldan kelganicha mashg‘ulotlardagi savollarni ham kiritib borishni rejalashtirganmiz. Albatta aniq manbali va qiziq savollarni.

-           Rahmatilla: “Savolni qaysi elektron manzilga yuborgan ma’qul?”

“Zakovat” muxlislari uchun maxsus zakovat@mtrk.uz elektron manzilini ochganmiz. Ushbu manzilga siz o‘z savollaringizni yuborsangiz bo‘ladi.

-           Odiljon Hamidov ismli muxlisimiz elektron manzilni boshlovchidan boshqa yana kim ko‘rishi mumkin, deb so‘rabdilar.

Siz o‘rinsiz shubhaga borgansiz. E-mail pochta manzilimiz parolini faqat men bilaman va savollaringizni faqat o‘zim ko‘rib chiqaman. Siz o‘ylaganchalik veb-sayt administratori bu ishni qila olmaydi. Elektron manzil kaliti yolg‘iz meni qo‘limda. Agar elektron manzilga ishonmasangiz, marhamat, bizga maktub orqali ham savol berishingiz mumkin.

- Ilyas : Здравствуйте уважаемые Знатоки и господин Абдурасул. Меня зовут Ажикелямов Ильяс, я гражданин Украины но считаю свою родину Узбекистан, учусь в городе Севастополь в институте ядерной энергии и промышленности . У меня есть к вам не большая просьба нельзя-ли доработать сайт и сделать его и русско язычным. Или хотя-бы сделать оформление сайта на кириллице, латиница очень  сложена в восприяти е.

Albatta iloji bor. Buning ustida biz bugun ishlayapmiz. Ayniqsa rusiyzabon muxlislar uchun bu ish zarur. Yoshi ulug‘ insonlardan ham bu kabi takliflar tushgan. Qisqa vaqt ichida dunyoning o‘ndan ortiq davlatlaridan elektron manzilimizga savollar kelmoqda. Bu albatta quvonarli hol.

-           Bahodir: Haqiqiy bilimdon bo‘lishim uchun qaysi adabiyotlardan foydalanishimni tavsiya etardingiz?

-           Garchi internet orqali muloqot qilib turgan bo‘lsakda, hayotni chuqur anglamoq, bilmoq uchun kitobdan ustuni yo‘q. Internet yangilik   va ma’lumot olish uchun bebaho. Ammo o‘sha ma’lumotlarni o‘zagi, manbasi baribir kitob bo‘lib qolaveradi. Ko‘rsatuvimiz efirga chiqqaniga yaqinda 8 yil bo‘ladi. 8 yil davomida minglab yoshlar klub a’zosi bo‘lish niyatida bizga murojaat qilishdi. Birinchi kastinglardan to hozirgacha da’vogarlarga beradigan birinchi savolimiz, “Qaysi adabiyotlarni o‘qigansiz” bo‘ladi. Bitta-yarimta oson adabiyotlarni o‘qib, bilimdon bo‘lishni orzu qilgan talabgorlar adashadilar. Minglab   da’vogarlar ichidan sanoqli yigit-qizlar bizning birinchi talabimizdan o‘ta olishgan. Bakalavrni 3 kursini o‘qib qo‘ygan yigitlar ichida bironta adabiy kitob o‘qimaganlarni ham uchratdim. Mayli o‘qimasligi mumkin, lekin shu holida yana bilimdonlikka da’vogar qilgani... Tanlovdan orqaga qayta turib yana so‘rashadi: “Ustoz qaysi adabiyotlarni o‘qib kelay” deb. 22-23 yoshgacha bironta kitobni qo‘lga olmagan odam 3-4 oyda bir dunyo adabiyotlarni o‘qimoqchi ham bo‘ladi. Bir kun bir yigitga mana bu adabiy asarlarni o‘qishing kerak deb ro‘yhat qilib berdim. Ro‘yhatni boshida A.Qodiriy, A.Qahhor, Said Ahmad, P.Qodirov, rus klassiklardan: L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, Lermontov, Dostoevskiy, Bulgakov, Jahon klassiklari: V.Gyugo, Stendal, Balzak, T.Drayzer, Gabriel Garsiya, Markes, Chingiz Aytmatov, Xoruki Muragami...

Yigitni rangi o‘chib ketdi. Tag‘in yana nima   deb qo‘ydi, “Shularni hammasini o‘qib kelsam chiqamanmi?!

-           Ey ukajon, 23 yoshingacha qo‘lingga kitob olmabsan, endi sen bu asarlarni umringni oxirigachayam o‘qiy olmaysan: kulishni ham, yig‘lashni ham bilmaysan.

O’ylaymanki bu savolni bergan ukamiz javobdan qoniqish hosil qilgan bo‘lishlari kerak. To‘g‘ri bugungacha ilk bilimdonlik sabog‘ini bera oladigan 2 ta adabiy qo‘llanma chop ettirdik. Maqsad o‘sha manbalar orqali bilimdonlik olamiga kirib oling deb. “Zakovat taqdim etadi” va “Daqiqa qadri” degan kitoblarimiz chop ettirilgan. U qo‘llanmalar sizdagi bor bilimni yuzaga chiqarishga yordam beradi holos. Bilimni esa siz kitobdan, bolalikdan olgan bo‘lishingiz kerak. Shuning uchun ukaginam, ertadan, yo‘q bugundan kitob bilan oshna tutining. “Zakovat” bilimdoni bo‘lmasangiz ham, hayot bilimdoni bo‘lasiz, buni men sizga aytayapman!

-           Alisher Ikromov: Nima deb o‘ylaysiz, yoshlarni “Zakovat” klubiga nima olib keladi, haqiqiy bilimdon bo‘lish orzusimi, yo mashhur bo‘lish hissimi?

-           Yaxshi savol. Bu savolgayam ikki og‘iz so‘z bilan javob berib bo‘lmaydi. Menimcha har ikkala his ularni yetaklab keladi. Ammo boshida ikkinchisi baribir ustunroq bo‘ladi. Klubga kelib   bu ish u orzu qilganidek   oson kelmasligini bilgandan keyin, o‘ylab qoladi. Bilimi kam bo‘lsa, ojizligidan uyalib ortga chekinadi. Bordi-yu bu o‘yinda u nimagadur qodirligini bilib qolsa, kundan-kunga o‘zidagi iste’dod, bilim yuzaga chiqaversa, o‘yinga mislsiz darajada mehri osha   boshlaydi. Endi uni ortga yo‘li yo‘q, u faqat va faqat shu klubda qoladi. Garchi bir yilda bir marta ekranga chiqmasa ham, klubdagi muhit uni o‘z domiga tortaveradi. Klubdagi do‘stlari, jamoadoshlari uni hayotidagi muhim insonlarga aylana boshlaydi. Men shunday yigitlarni bilaman, “O’yinga chiq” desam, “Yo‘q hali tayyor emasman, bir oz tajriba orttiray” deb rozi bo‘lmagan. Vaholanki, o‘sha yigitni bu klubga ekranga chiqish hissi olib kelgan. To‘g‘ri besh qo‘l barobar emas. Ayrimlar bor, yillar davomida ekranga chiqadi, ammo ishi yurishmayotganligidan   havotirga ham tushmaydi, mas’uliyatni ham his qilmaydi. Haqiqiy bilimdon bo‘lish uchun uchta narsa birlamchi, eng avvalor bilim, keyin zehn va albatta xohish istak. Shu uchalasi   bo‘lmasa, bu klubdagi faoliyatni to‘xtatish kerak. Shu uchta hislatli insonlarni biz klubda doimo kutib ishlaymiz.

-           Alisher Muxamedov: Efir payti siz qaerda o‘tirasiz, nega hamma siz bilan yuqoriga qarab gaplashadi?

-           Demak tepada,   tomda o‘tirsam kerak-da! (Hazil).

Meni shu ko‘rsatuv bo‘yicha g‘oyibona ustozim V.Voroshilovni “fenomen” kitobida shunday fikrlari bor: “Ko‘rinmas boshlovchi siymosi   bu – obraz, televizion obraz. Inson hayoti davomida duch keladigan muammolar, ya’ni savollar, ko‘rinmas shaxs tomonidan unga ro‘baro‘ bo‘ladi.” Masalan, avtomobilda keta turib ballon yorilishi, bu ham sizga sinov, muammo. Xo‘sh, bu muammoni kim yoki nima sizga ro‘baro‘ qildi? Balloni yorilgan odam uchun buni kim yo nima qilgani muhim emas, muhimi ballonni tezda sozlash, yamash birlamchi. Xuddi shunga o‘xshab boshlovchini qay kiyimda, qaerda o‘tirib savol berishi muhim emas, muhimi savolga aniq va zudlik bilan javob topishda deb bilaman.

-           Alisherni savollari: Nega har yili bilimdonlar orasidan kimlardur yo‘qolib qoladi, buni sabablari bormi? Masalan, Furqat Qurbonov!

-           Bu savolga qisqaroq javob berishga harakat qilaman. Men o‘zim aniq bilgan bilimdonlar haqida aytaman.

Zakovatni ilk bilimdonlari F.Akbarov jamoasidagilarni   qaerda, qanday faoliyat olib borayotganlari   menga noma’lum. Bilaman Murod Hamroev Angliyaga o‘qishga ketgan edi.

Dilshod Kamalov jamoasidan Muzaffar bilan Nurbekni mashg‘ulotlarda ko‘rib turaman, qolganlarni bilmayman qaerda ishlayotganlarini. Furqat Qurbonovga kelsak, bir zumda u yigit ham yo‘q bo‘lib qoldi. Balki xorijga ishga ketgandur, aniq ma’lumotim yo‘q. Yuqoridagilar bilan hayr-xo‘sh qilganmiz, lekin Furqat hayr-xo‘shniyam nasiya qildi. Hech qanaqangi nizoga bormaganmiz. Zakovatda o‘ynagan hamma yigit-qizlarga chin dildan ishlarida omad tilayman, baxtli insonlar bo‘lishsin.

-           Hurshid Xaydarov: Qiziqishlaringiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz. Bo‘sh vaqtingizni nimalarga yo kimlarga bag‘ishlaysiz?

-           Ochig‘i oxirgi paytlarda hamma soxaga qiziqadigan bo‘lib ketdim. Ilgari futbol o‘ynash-u, she’r o‘qishga qiziqardim holos. Xozir, balki savollarni mavzusi tufayli qiziqish doiram kengayib ketayotgandur. Masalan, ierogliflarni o‘qish, avtomobil tarixi, buyuk insonlar hayoti, oshpazlik sirlari kabi bira qancha mavzular meni o‘ziga rom qilgan.

Yoshligimdan sayoxatga chiqishni yoqtirar edim, mayli O’zbekiston bo‘ylabmi, xorijgami, yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra deyishadi-yu. Xudodan tilagim qiziqishlarimni   so‘ndirmasin. Bilish, izlash, harakat qilishdan to‘xtatmasin. Bo‘sh vaqtlarimni   ko‘proq uyda, oilam davrasida, o‘tkazishga harakat   qilaman. Milliy kuylar   tinglasam dam olaman, zo‘r shoirlarni she’rlarini o‘qisam, ovoz chiqarib o‘qisam xuzur qilaman. Yanayam ko‘proq vaqt topsam, bolalarimga o‘z qo‘lim bilan ovqat pishirib beraman. Keyingi vaqtlarda uyda ko‘p bo‘layapman-u, ovqat qilishga fursat topolmayapman. Har hafta yuzlab maktublar keladi, ularni o‘qish, javob yozish kerak. Yordamchilarimga ishonmayman, hamma maktublarni o‘zim ko‘rishim kerak. Qiyin, lekin o‘zinga yoqadigan ish bilan shug‘ullansang charchoq ham bilinmay ketadi.

-           Bobur Rajabov: Aytingchi, ko‘rsatuvni   tashkil qilganingizdan qachondir afsuslanganmisiz?

-           Yuqoridagi savolda ishdan lazzat olishim haqida gapirdim-u, bu savoldan keyin o‘ylab qoldim, 8 yil davomida afsuslandimmi? Umuman olganda yo‘q. Lekin shunday paytlar bo‘lganki, ayrim bilimdonlardan hafa bo‘lganman. To‘g‘ri men ham xato qilganman, qilmaganman deya olmayman. Ammo yo‘ldan og‘maganman. Tuzib olgan dasturimdan chetlashmaganman. Teletomoshabin tayyor mahsulotni ko‘rib baho beradi. Ammo tagidagi zahmatlarini, hatto ko‘p bilimdonlar ham bilishmaydi. Har bir kreslo-yu, stoldan tortib, yangi studiya qurishgacha bo‘lgan zahmatlar, bularni ko‘plari faqat o‘zimga ma’lum. Muammolarga qarshi kurashaverish odamni chiniqtirar ekan. Yaqinda studiyani yangidan qo‘ldan kelgancha jihozladik.   S’yomkaga bir hafta qolganda tomdan suv o‘tib ketdi. Butun buyoqlar, suratlar oqib tushdi, ekran-monitorlarni suv bosdi, chiroqlar kuydi. Bilmadim agar boshqa odam bo‘lganda tashlab ketib yuborardi, balki. Adashmasam bir soatcha siqildim, keyin nima qildim, deng! Tomga chiqib hammayoqni boshqatdan berkitishga tushdim. Yaxshiyam televideniyadagi rahbarlarimiz bor. Shularni yordami bilan zudlikda tomni boshqatdan yopdik. Monitorlarni quritib, tuzatdik, yangidan buyoq surib chiqdik. S’yomka a’lo darajada o‘tdi. Bularni balki gapirmasligim kerakdir. O’tgan 8 yil albatta o‘ziga yarasha iz qoldirdi, meni hayotimda, xarakterimda. Savolga endi aniq javob beraman, ko‘rsatuvni tashkil qilib hech qachon afsuslanmaganman.

 

Bugun “Zakovat” intellektual klubining 8 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan bu elektron savol-javoblar o‘z paytida bo‘ldi deb o‘ylayman. Boshqa yurtlardagi “Zakovat” muxlislari uchun ham. Internet orqali bo‘lsa ham diydorlashib turaylik. Savollar yuboring. Hozir “O’zbekiston” teleradiokompaniyasini dunyo bo‘ylab tomosha qilishmoqda. Bu albatta katta ma’suliyat yuklaydi. O’ylaymanki, o‘zbek bilimdonlarining sevimli o‘yini “Zakovat” hali o‘zini ko‘rsatadi. Bilimdonlarimiz endi-endi qanot qoqishmoqda. Hademay ularni parvozini butun dunyo tomosha qiladi.

Shu faraxbaxsh kunlarni kutib qoluvchi kamina

Abdurasul Abdullaev

“Zakovat” ko‘rsatuvi muallifi

 

 

Oldin va’da qilganimizdek, eng yaxshi deya topilib, boshlovchiga manzur bo’lgan savol muallifiga “Zakovat” klubining maxsus esdalik sovg’asini taqdim etamiz. Ilk marotaba o’tkazilgan ushbu intervyumizda Bobur Rajabov ismli muxlisimizning savollari eng yaxshi deya topildi. Ulardan biz bilan bog’lanishlarini iltimos qilar edik.

Shuningdek, Tog’ayev   Baxtiyor, Saizzamov Mirjalol, Baxrombek, Dilmurod, Jasur Javinov, Yomg'irov Qo'shmurod, Sarvarbek, Bekzod, Dildoraxon, Po`latov Hakimjon, Nigora va yana ko’plab muxlislarimizdan ham savollar oldik. Ularning savollarining mazmuni ham yuqoridagilariniki bilan deyarli bir xil bo’lgani uchun umumiy javob berib qo’ya qoldik. Avvalo ushbu muxlislarimizga qimmatli vaqtlarini ayamasdan savol yo’llaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Eslatib o’tamiz, keyingi online-intervyu Jobir Ahmedov bilan bo’ladi. Ularga ham o’z savollaringizni yuborasiz degan umiddamiz.



 

Кейинги ўйин

 
Олий Лига-2018.

Махсус ўйин

Абдуғани Иноятов  
жамоаси

23 декабр
Соат 18:40


"Ўзбекистон" телеканали



Охирги ўйин

Олий лига-2018.
ЯРИМ ФИНАЛ. 3-ўйин.

3-6

Саидакром Расулев жамоаси

Олий лига-2018 Ярим Финал натижалари

Жамоа Ҳисоб
1 Аваз Нўъмонов  1-6
2 Жобир Аҳмедов 
6-5
3 Саидакром Расулев 
3-6

Саралаш-рейтинг 2018/2019 (3-тур)

Жамоа
O
1
Жобир Аҳмедов
31
2
Фаррух Рафиқов
29
3
Асрор Норқулодов
26
4
Ренессанс
26
5
Эсперо
24
6
Тайм
21
7
Менса
20
8
Но Коммент
19
9
Сайёд
19
10
Бинго
18

Қишки мавсум ўйинлари 2018/2019 (2-тур)


Жамоа
O
1
Эсперо
18
2
Жобир Аҳмедов
17
3
Фаррух Рафиқов
15
4
Ренессанс
13
5
Легион
12
6
Менса
11
7 Тайм 
11
8
Сайёд
7
9
Асрор Норқулов 
5,5
10 Но Коммент
4

Кузги мавсум ўйинлари 2018/2019 (12-тур)


Жамоа
O
1
Эсперо
92,5
2
Жобир Аҳмедов
88,5
3
Ренессанс
85,5
4
Фаррух Рафиқов
78,5
5
Легион
61,5
6
Менса
55,5
7 Тайм
41
8
Сайёд
35
9
Сино
35
10 Асрор Норқулов
29

Сўровнома

"Заковат" Интеллектуал ўйинини кўриб борасизми?

Заковат - Facebook да!