ДИҚҚАТ! ДИҚҚАТ!. . . ЗАКОВАТ КИТОБИ![]()
Азиз мухлислар! Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин. Кўчириб олиш Онлайн ўқиш Бошқа манбалардан кўчириш: www.turklib.uz www.uztranslations.net www.upload.sb.uz . . . Алоқа учун
Кўрсатув муаллифи
Ҳомийлар учун
Сайт янгиланган сўнги сана:
20 февраль соат 09:50 . . . Ҳисоблагич |
Билимдонлар оламига хуш келибсиз!
Svoya Igra savollari
“Svoya igra” o’yini ancha qiziqarli va mashhur
intellektual o’yinlardan sanaladi. Uning televizion varianti NTV telekanali
orqali efirga uzatilishini ko’pchilik yaxshi bilsa kerak. “Zakovat”
Intellektual klubida ham mashg’ulot vaqtlarida bu o’yin bir necha yillardan
buyon o’tkazib kelinadi. Shu sababli ham bundan buyon biz saytimizga aynan mana
shu o’yinga taaluqli savollarni ham berib borishga qaror qildik. Siz bemalol bu
savollardan foydalanib do’stlaringiz bilan o’yinlar o’tkazishingiz mumkin.
Avvalambor sizlarni o’yin qoidasi bilan tanishtirib o’tsak.
O’yin qoidasi:
-
O’yinda
bir mavzu doirasiga tegishli savollar to’plami beriladi. Mavzu nomi
ishtirokchilarga oldindan e’lon qilinadi. Har bir mavzuda 5 tadan savol bo’ladi
va savollar ma’lum miqdorda ochko bilan belgilanadi. (10, 20, 30, 40, 50) Ochko
miqdori qanchalik katta bo’lsa savollar saviyasi ham shunchalik qiyinlashib
boraveradi.
-
O’yinda
asosan 5 kishi ishtirok etadi (Bu qat’iy son emas. U sharoitga qarab kam yoki
ko’p bo’lishi ham mumkin) Savol o’qilgandan so’ng, kim birinchi bo’lib javob
bersa o’sha insonga ochko yoziladi. Kim birinchiligini aniqlash uchun ko’p
usullardan foydalaniladi. (Maxsus elektron qurilma yordamida, qarsak chalish
orqali, qo’l ko’tarish va h.k.)
-
Agarda
savolga ishtirokchi to’g’ri javob bersa unda savolga belgilangan ochkoni oladi.
Agarda uning javobi noto’g’ri bo’lsa, unda minus ochkosi yoziladi, ya’ni
jamg’argan ochkolaridan qirqib olinadi.
-
Birinchi
ishtirokchining javobi noto’g’ri bo’lsa, unda keyingi ishtirokchilar o’z javob
variantlarini aytib ko’rishi mumkin. (Javob variantini aytish majburiy emas)
Bitta savolga maksimum 3 kishi javob berishi mumkin. Keyingi javoblar qabul
qilinmaydi.
-
Savolga
to’g’ri javob topgan ishtirokchi keyingi savolning mavzusini va raqamini
tanlaydi. Masalan, “Shaharlar mavzusining 40 ochkolik savolini o’qing” deya
boshlovchidan so’raydi.
-
Mavzudagi
savollar orasida ba’zilari “Mushuk” (Kot v mishke) va auktsion savollari etib
belgilangan bo’lishi ham mumkin. Buning ma’nosi quyidagicha:
Mushuk –
Agar mushuk deya belgilangan savol
tushib qolsa, unda savolni tanlagan ishtirokchi raqiblaridan istalgan birini
tanlaydi va o’sha savolga faqat ushbu ishtirokchi javob bera oladi. Bu safar
uning javob berishi majburiy hisoblanadi. Agar noto’g’ri javob bersa ochkolar
qirqib olinadi. Mushuk savoli tanlanganda, mavzu o’zgaradi va boshqa mavzu
bo’yicha savol o’qiladi.
Auktsion –
Bunday savollar tanlanganda,
ishtirokchilar o’zlari jamg’argan ochkolarini savol uchun tikadilar. Kim
ko’proq ochko aytsa savol o’sha ishtirokchiga beriladi va savolga javob berish
imkoniyati faqat ushbu ishtirokchida bo’ladi. Bunda ham javob berish majburiy
hisoblanadi, agar javob varianti bo’lmasa yoki noto’g’ri javob berilsa unda
ochko qirqib olinadi. Auktsionda quyidagi ikki atama ham ishlatiladi:
Nominal -
Bu savolni tanlagan o’yinchi
savol uchun tikishi mumkin bo’lgan eng kam miqdordagi ochko hisoblanadi. Bunda
savol necha ochkolik bo’lsa, shu nominalda o’ynaladi. Masalan, “Sport”
mavzusining 30 ochkolik savoli auktsion bo’lsa, unda o’sha savolni tanlagan
ishtirokchi 30 ochkodan kam ochko tikishi mumkin emas.
Vabank –
Bu savolga tikilishi mumkin bo’lgan
eng ko’p miqdordagi ochko. Bunda o’sha ishtirokchi o’zining jamg’argan barcha
ochkosini tikkanligini bildiradi. Agar topsa ochkosi 2 baravar ko’payadi,
topolmasa ochkosi 0 ga tushib qoladi. Agarda auktsion vaqtida qaysidir o’yinchi
Vabank deya ochkosini tiksa, qolgan ishtirokchilar
ham faqatgina Vabank tika oladilar. Aytaylik,
A.ning ochkosi 50 bo’lsa va u Vabank tiksa, unda ochkosi 100 bo’lgan B. ham
faqatgina vabank deya oladi, 70 yoki 80 ochko tikishi mumkin emas.
-
O’yin
davomida eng ko’p ochko jamg’argan ishtirokchi g’olib sanaladi.
-
Bu
o’yinda bir necha o’n kishi ham ishtirok etishi mumkin. Bunda barcha
ishtirokchilar guruhlarga bo’linadi va har bir guruhga ma’lum miqdorda mavzular
o’ynaladi. (3-4 tadan) Guruhda birinchi o’rinni olganlar Finalga chiqadi (Bu
qoidani ham sharoitga qarab o’zgartirish mumkin.)
Intellektual
salohiyatni oshirishda katta foydasi tegadigan “Svoya igra” o’yinining qisqacha
qoidalari shulardan iborat. Marhamat, endi savollar bilan tanishing.
SAVOLLAR
1.
Tinchlik
10.
O’zbekiston madhiyasida tinchlik so‘zi aynan shuncha marotaba ishlatilgan?
-Bir marotaba
20.
Bu qush
1950 yil dunyo yuzini ko‘rdi?
-Tinchlik kabutari
30.
To‘liq matnda zodagon frantsuz, uni yana
progress, quvonch, adolat, zavq, bunyodkor ekanligini ham ta’kidlab o‘tgan edi.
Mashhur ta’rifdan faqatgina uning tinchlik ekanligi haqidagisi barchamizning esimizda
qolgan.
- Sportga
40.
BMTning
bosh qarorgohi yonida tinchlik ramzi sifatida aynan shu shakldagi revolver haykali
mavjud?
-Tugilgan revolver
50.
Lotincha shriftda «Tinchlik » so‘zini mobil telefonning
sms funktsiya orqali standart holatda yozish uchun qaysi raqamlardan foydalaniladi?
2.
Tarjima
10.
Qaysi mashhur tulporning nomi o‘zbekchada “buqa boshli” degan ma’no beradi?
-Butsefal
20. Lotinchaga joy va harakat so‘zlarini tarjima
qiling?
-Lokomotiv
30. Disklar chavandozi so‘zlarini inglizchaga o‘giring
va qisqartirib ayting?
-DJ
40. Ispan
tiliga qayiq so‘zini tarjima qiling?
-Kanoe
50.
Qadimgi yahudiy tiliga “xudoni e’zozlamoq” so‘zlarini tarjima qiling?
-Alliluyya
3
. -ID-
(bunda –ID- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Odamlarning ommaviy tarzdagi kasallanishi fanda
shunday ataladi?
-Ep
idemiya
20.
Idalgo
shtati aynan shu mamlakatda joylashgan?
-Meksika
30. Bu
Gollivud aktrisasi 1967 yili Avstraliyada tug’ilgan. 2003 yili “Soatlar” filmidagi
bosh roli uchun “Oskar” mukofotini qo’lga kiritgan.
- Nikol K
idman
4
0. Ilf va Petrovning statistikasiga ko‘ra
,
1928 yili aynan u insonning 30 ta o‘g‘li va 4 ta qizi bo‘lgan ekan.
-Leytenant Shm
idt
5
0. Meksikalik ushbu rassom ayol o‘zining syurrealistik suratlari bilan mashhur
bo‘lgan?
-Fr
ida
Kalo
4
.
Sport
10. U yerdagi kroket o‘yinida to‘p vazifasini tipratikanlar,
klyushka vazifasini flamingo qushlari bajarar edi?
- Mo‘jizalar mamlakatida
(“Alisa mo’jizalar mamlakatida”)
20. Aynan shu yunon qahramoni 1995 yili chempionlar
ligasida tengsiz deb topildi?
-Ayaks
30. Ularning orasida bir qancha hayvonlar, qushlar,
odamlar, 2
ta yunon ma’budi va bitta arvoh ham
bor?
-Olimpiada talismanlari.
40.
Qaysi sport turi haqida ilk marta kitob bosib chiqarilgan?
- Shaxmat
50.
Ma’lumotlarga qaraganda bu sport turi haqida eng ko’p badiiy filmlar
olingan ekan.
- Boks
5
.
Qonun
10.
AQSh qonunlariga ko’ra hattoki qopqon orqali
sichqon tutish uchun ham sizda o’sha narsa bo’lishi zarur ekan.
- Ovchilik guvohnamasi
20. Ingliz qiroli Eduard birinchi tomonidan qabul
qilingan Vinchester statuti bo‘yicha shaharlararo yo‘llarning ikki chetida 200 fut
masofagacha bo‘lgan barcha daraxtlar kesib tashlanishi lozim edi.
Nima uchun?
-Qaroqchilikni oldini olish uchun.
30. AQSh VVS kapitani Edvard o‘zining birinchi
qoidasini 1949 yili aytgan.
Hozirda uning
familiyasi anchagina mashhur.
Familiyasini toping?
-Merfi 40. O’zbekiston qonunchiligiga ko‘ra uning oddiy, noto‘g‘ri, qiyosiy va yashirin turlari belgilangan?-Reklama 50. Italiya qonunchiligi bo‘yicha agar bu ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz avval imtihon topshirib litsenziya olshingiz va shundan so‘ng dushanbadan jumagacha ushbu ishni amalga oshirishingiz mumkin. -Qo‘ziqorin terish
6.
10.
-Folklend
20.
Diego Maradonna futbolchi sifatida nechta
jaxon chempionatida ishtirok etgan?
-
4
ta
30.
Aleksandr Romanovichga ishonadigan bo‘lsak, bir
paytlar Buenos-Ayres qirg‘oqlarida suzib yuruvchi bu mahluq odamlarni ancha cho‘chitgan?
-Ixtiandr
40. Madonna ishtirokidagi “Evita” filmida
aynan shu argentinalik diktator hayoti tasvirlangan?
-Xuan Peron
50. Argentinadagi eng baland cho‘qqi?
-Akonkagua
7.
—D
E
—
(bunda –DE- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Yunon afsonasiga ko‘ra Kolxida shohining sehrgar
qizi?
-Me
deya
20.
Bunday «
suzuv
chi pristanlar» asosan ichki daryo suvlarida
h
arakat
q
iladi
.
-
Debarka
der
30. Akiro Kurasava suratga olgan
qaysi
film
“
Oskar
” mukofotini
olgan?
-
Dersu
Uzala
40. Italiyada sport musobaqalarida g‘olib chiqqanlar
ko‘kraklariga taqiladigan nishon aynan shunday ataladi?
- Sku
detto
50. 1888 yili JARda olmos qazib olishga ixtisoslashgan
shu kompaniyaga asos solindi?
-
DE
BIRS
8
.
Teatr
10. Aynan u yerga sayohat aktyor Muhammadsoli Yusupovni yanada elga tanitdi. - Toshkentga
20. Ford teatrida ularning o‘n oltinchisi o‘ldirildi?
-AQSh Prezidentlarining 30. Kovent Gardenda ikki marotaba 1808 va 1856 yillari, Parijdagi Odeon teatrida 1799, 1806 va 1819 yillari, Moskva Katta teatrida turli yillarda 3 marotaba bo’lgan. Xo’sh nima bo’lgan?
-
yong’in bo’lgan
40. Ushbu aktyor 1883 yili arman oilalaridan birida dunyoga kelgan. 1921 yili studentlar drama teatr gruppasini tuzgan. Familiyasini toping. - Vaxtangov 50. 18 asrda paydo bo‘lgan odatga ko‘ra Angliya teatrlaridagi birinchi qatorga aynan ular o‘tirishgan?
-Tanqidchilar
9
.
Avtomobil
10. Sug‘urta agenti bo‘lgan bu inson faqat shunday
avtomobillarni o‘g‘irlar edi?
-Volga
20. “Lamborjini”
firmasining emblemasida qaysi hayvon tasvirlangan?
- Buqa
30.
1919 yilgi Versal shartnomasiga muvofiq Bavariyadagi
aynan shu motor zavodi faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan?
-BMW
40. Bu inson kauchukni vulkanizatsiya qilish usullarini
ochgani bilan bir qatorda mashhur kompaniyaga ham asos solgani bilan tarixda qolgan?
- Goodyear
50. Ushbu nemis injeneri dastlab Karl Bents va
G.Daymler bilan birgalikda ishlagan va keyinchalik o‘z firmasida asos soladi, hozirda
uning nomi bilan ataluvchi mashinalar dunyodagi eng qimmat markalardan biri?
-Maybax
1
0
.
Kasblar
10. Bulgakov komediyasida u kasb egasining malakasizligi
tufayli qaynab turgan qozonga tashlanganligi aytib o‘tiladi?
-Tarjimon
20.
Ushbu temirchining
h
aykali
Florentsiyada joylashgan?
-Dovud
30. Yumorist hazilidan: “Muhabbatning ko‘zi ko‘r,
lekin nikoh eng zo‘r...”, jumlani to‘ldiring.
- Okulist
40. Ilya Zimin Rossiyaning NTV kanalidagi aynan
shu ko‘rsatuv muallifi?
-“Professiya reportyor”
50. Ko‘chmas mulklar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi
ushbu agentlarning nomini o‘zbekchadagi ma’nosi “mulk” degan ma’noni beradi?
-Rieltor
1
1
.
-MO-
(bunda –MO- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Qaysi tog‘ cho‘qqisini italyanlar Monte Bianko
deb atashadi?
-
Mo
nblan
20. Ushbu fantastik asar qahramonlari professor
Aronask, xizmatkori Konsel, garpunchi Ned Lend, endi siz ushbu asarning bosh qahramoni
ismini ayting?
-
Ne
mo
30. Ushbu musiqiy guruh 1983 yili tuzilgan,
“You’re my heart, you’re my soul” nomli qo‘shig‘i superxit bo‘lgan?
-
Mo
dern Toking
40. Aynan shu orolga portugaliyalik dengizchilar
For
moza deb nom berishgan?
-
Tayvan
50. Aynan shu italiyalik shoir 1959 yili Nobel
mukofoti olgan?
-Kvazi
moda
1
2
. -RON-
(bunda
–RON- so’z birikmasi yoki savolda, yoki javobda albatta bo’ladi)
10. Qatiq va suvning aralashmasi?
-Ay
ron
20. Faktlar
va voqealarni davriy ketma-ketlikda bayon etuvchi janr?
-X
ronika
30.
Chexiya, Slovakiya, Shveytsiyada
yevrodan oldingi pul birligi aynan shunday atalardi.
- K
rona
40. Pushkin personaji Mariya Mi
ronovaning otasining unvoni qanday
bo‘lgan?
-Kapitan
50.
Remarkning ushbu asari dastlab Berlinning “Fozzishe tsaytung” gazetasida e’lon qilingan?
- «G’arbiy f
rontda o‘zgarish yo‘q»
1
3
.
Usta va margarita
10. Entsiklopediyalarda unga murakkabguldoshlar
oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik deb ta’rif berilgan bo‘lib, uni o‘stirish bo‘yicha
ustalar asosan Kichik Osiyoda deb aytib o‘tilgan.
-Margaritka
-Katta Sadovaya
30. Asar qahramonlaridan biri aynan shu mashhur
mutafakkirni Oq dengizdagi Solovki oroliga surgun qilish kerakligini aytgan.
-I.Kant
40. Asar oxirida Armavir shahrida bir ziyoli yo‘lda
uchrab qolgan katta mushukni ushlab va bog‘lab militsiya topshirgani eslatiladi.
Aytingchi u mushukni nima bilan bog‘lagan edi?
-Galstuk
50. ”Usta
va margarita” romani birinchi chop etilganda aynan shu nomga ega edi?
-
Qora
afsungar
1
4
.
Vetnam
10.
Vetnam davlat bayrog‘ida u bitta?
-Yulduz
20.
G.Kissendjer
Tinchlik nominatsiyasi bo‘yicha Nobel mukofoti olishiga shu voqea katta turtki bo‘lgan
ekan.
-Vetnamdagi urushning tugatilishi
30.
1976 yilgacha Xoshimin shahri shu nom bilan yuritilgan.
-Saygon
40.
Vetnam tili aynan shu tillar oilasiga mansub.
-Avstrosiyo oilasi
50.
60 yillarda Vetnam raxbariyatining buyurtmasiga
binoan Riga avtomobil zavodi aynan shu markali mashinalardan birini Vetnamga yubordi?
-Chayka
1 5 . Raqamli 10. Disney multfilmidagi dalmatinlar soni shuncha edi? -101 20. “Titanik” filmining litsenzion kassetasi pastki burchagidagi doira ichidagi 12 raqami aynan shu ma’noni anglatadi? -Tomoshabinning minimal yoshini 30. 583 probali oltinning aynan shuncha foizini sof oltin tashkil etadi? -58.3% 40. Xozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti ilk bor Turkiston Universiteti nomi bilan ish boshlagan. Xo’sh, u qaysi yilda ochilgan edi. - 1918 50. G-8 haqida eshitgansiz, bundan tashqari dunyo mamlakatlari orasida D-8 ham bor ekan, bu qanday sakkiztalik?
-
Rivojlangan sakkizlik
16
.
-KVA-
(bunda –KVA- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Dengizchilar neptun bayramini aynan shu hollarda
nishonlashadi?
-E
kvatorni
kesib o‘tganda
20. Ma’lum bir chegara bilan ajratilgan suv hududi?
-A
kvatoriya
30.
Qilichbozlik
sport turida ko‘rsatilgan qora kartochka aynan shu ma’noni beradi?
-Dis
kvalifikatsiya
40.
Bu armiya
Xitoyning Guandun yarim orolida tashkil topgan.
-
Kvantun
armiyasi
50. 1915 yili uning qora va qizili yaratildi. Biroq
nimagadir qorasi ko‘proq obro‘ topdi.
Uni toping.
-
Qora
kvadrat
(Maleyevich asari)
17
.
Bosh kiyim
10. Mavzumizga mos keluvchi mashhur qasamxo‘r zodagon?
-
Baron
Myunxauzen
20. Bu davlatning hududi 77 ming kv.km?
-
Panama
30. BMTning tinchlikparvar kuchlarining mavzuga
mos nomi?
- Moviy kaskalar
40. O’zlarining oppoq ro‘dapo kiyimlari va konussimon
qalpoqlari bilan 19 asr oxirlarida ular amerika xalqini dahshatga solishgan.
-Ku-kluks-klan
50. 19 asr o‘rtalarida Parijlik Gibus ismli shaxs
aynan shunday shlyapalarni ixtiro qildi?
- Shapoklyak
18. Sayohat va sarguzashtlar
10. Uning sayoxatiga tulki nuqta qo‘yadi?
-Bo‘g‘irsoq
20.
Kinoga
ishonadigan bo‘lsak bu millat vakillarining Rossiyaga sayohati g‘arazli maqsadni
ko‘zlagan edi?
-Italyanlar
30. Marko
Poloni ko’pchilik Xitoyga borganiga ishonmaydi. Bunga asos qilib esa, uning
qo’lyozmalarida bir narsa haqida umuman ma’lumot keltirilmaganini aytishadi. U
nima haqida yozmagan edi?
- Buyuk Xitoy devori
30.
1828 yili Pushkin rus qo‘shinlari
b
ilan birga Turkiyaning bir shahriga boradi. Qaysi
shaharga?
-Arzurum
40.
Jyul
Vernning yozishicha u yerga sayohat so‘ngan vulqon krateridan boshlangan?
-Yer markaziga
19
.
-GO-
(bunda –GO- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Yevreylar ibodatxonasi?
-Sina
goga
20. Ushbu yozuv 1923 yili bunyod etilgan?
-
Go
llivud
30.
Ispaniyaning
-Sara
gosa
40. Bu asar shoir va shifokor bo‘lgan asosiy personaj
Yuriyning she’rlari bilan yakunlanadi?
-Doktor Jiva
go
50. Barkarola-mayin va sekin templi italyancha
qo‘shiq turi bo‘lib, uni asosan ular ijro etishadi kimlar?
-
Go
ndolerlar
20
.
Aleksandr
10. B.Yoqubov jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ygan
toshni ayting?
-Aleksandrit
20. Bu aktyorni brigadir Aleksandr obrazi elga
tanitdi?
-S.Bezrukov
30. Petr birinchi o‘zining bu yaqin safdoshini
Aleksashka deb chaqirar edi?
-A.D.Menshikov
40.
Ularning orasida Aleksandr
ismlilari
8 ta b
o‘
lgan?
-Rim papalari
50.
Diplomatiyaning
“Elchiga o‘lim yo‘q” printsipi 19-asrda Eronda shu inson
bilan
bog‘liq holda buziladi.
-A.S.Griboedov
2
1
. Vena
10. Gertsog Leopold
VII
13 asrda Venaga aynan shunday status berdi?
-Shahar
20. Vena shahrida bunday trassalar hozirda ikkita:
Ringshtrasse va Gyurtel?
-Xalqa yo‘llar
30. Yefron va Brogauz lug‘atida keltirilishicha,
19 asrda Vena aholisining 83% aynan shunday toifa shaxslardan iborat ekan.
-Savodxon
40. 1370, 1562, 1679, 1718 yillari bu shahar aynan
shunday falokatga yo‘liqdi?
-
Chuma tarqagan
50. Ushbu qasr sobiq Avstriya imperatorlarining
qarorgohi bo‘lgan bo‘lib, hozirda muzeyga aylantirilgan va 1996 yili Yunesko qaramog‘iga
olingan.
-Shenbrunn
2
2
.
Metall
va
qotishmalar
10. O’rta asrlarda uning eng sifatlilari Damashqda
bo‘lgan?
-Po‘lat
20. Londonda
nimagadir unga temirdanmas balki bronzadan haykal qo‘yilgan? Kimga?
-M.Tetcher
- “Mis chavandoz”
40. Cho‘yan
va po‘latni qayta ishlovchi pechlarni aynan shu frantsuz metallurgi dastlab yo‘lga
qo‘ygan?
-Per Marten
50. Cherchilning
aytishicha uning chegaralari Baltikaning Shtettinidan Adriatikaning Triestigacha
borar emish?
- «Temir parda»
2
3
.
-IN-
(bunda –IN- so’z birikmasi yoki savolda, yoki
javobda albatta bo’ladi)
10. Gamletning koshonasi?
-Els
inor
20. Davlat rahbari sifatida saylangan shaxsning
tantanali qasamyod qilish marosimi aynan shunday nomlanadi.
-
Inauguratsiya
3
0.
Osiyo Futbol Federatsiyasining rahmari aynan
shu Qatarlik janob hisoblanadi.
- B
in Xammam
4
0.
Ma’muriy markazi Sent-Pol shahri bo’lgan
AQShdagi shtat qaysi?
-
50. Ushbu mashhur golland huquqshunosi va faylasufining
laqabi Barux edi?
-Sp
inoza
2
4
. Yevro
pa Ittifoqi
10. Dollarda tsent, yevrodachi?
-
Sent
20. Y
I
Kengashiga hozirda shu davlat rahbarlik
qilmoqda?
-Frantsiya
30. Y
I
ning jamoatchilik
fikrini o‘rganuvchi tashkiloti aynan shunday ataladi?
-Yevrobarometr
40. Y
I
xaritasiga qaraydigan bo‘lsak 3
ta asosiy programmalar bo‘yicha zonalar amal qilarkan.
Bular umumiy YIga a’zo mamlakatlar zonasi, qolgan ikkitasini sizlar ayting?
-Shengen va yevrozona
50. Bu inson 1956 yil Portugaliyada tug‘ilgan,
hozirda Yevrokomissiya raisi hisoblanadi?
-J.M.Barrozu
25
.
Shaxmat
10. Shaxmat taxtasida aynan shuncha oq kataklar
bor?
-
32
ta
20. 1996 yil katta shov-shuvga sabab bo‘lgan match
o‘kazildi. Bir tomonda Garri Kasparov, ikkinchi tomonda esa u dona surdi?
-Kompyuter
30. Gollandiyaning ushbu shaharchasida 40 yildan
buyon yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi?
-Veyk an Zee
40. Kunlardan bir kuni Moskva ko‘chalaridan birida
G.Kasparov oldiga shaxmat ko‘targan muxlis yaqinlashib keladi va doska bilan boshiga
tushirib, “Men sizni shaxmatchi sifatida xurmat qilardim, lekin u sifatida emas”,-
deydi. Kim sifatida?
-Politik
50.
Ushbu
shaxmatchining xotini bilan ijro etgan dueti “20 asrning buyuk pianistlari” albomiga
kiritilgan?
-M.Ye.Taymanov
26. Ikki marotaba takrorla
10. Maqtanmoqning yana bir sinonimi?
-Ko‘z-ko‘z qilmoq
20. Z.Boyxonovaning ushbu qo‘shig‘i muxlislar mehrini
qozondi?
- “Xay-xay”
30.
Frantsuzchasiga
“boshni boshga qo‘yib so‘zlashish” aynan shunday bo‘ladi?
- Tet-a-tet
40.
“Uch
kishi qayiqda”, “Uch kishi velosipedda” kabi povestlari bilan mashhur ingliz yozuvchisi?
-Djerom Djerom
50.
G.Daneliya
ushbu filmining asosiy qismini Turkmanistondagi cho‘lda suratga olgan?
- Kin-dza-dza
27
.
Bayramlar
10.
Yumoristlar
shu kunni “butun dunyo paxmel kuni” deb e’lon qilishni lozim deb topishdi?
-
1 yanvar
20. O’zR. aynan shu kodeksida 9
ta bayram dam olish kuni sifatida belgilangan?
-
Mehnat kodeksida
30. “Komsomolki” jurnalining bayram sonlaridan
birida Chukotkada muzlagan mamont bolasi topilgani haqida xabar beriladi. Qaysi
bayram sonidagi?
-
1 aprel
40.
Qadimgi
Rimning Tern shahridan bo‘lgan bu mahbusning xat yozishmalari
bayramning asosiy ritualini belgilab bergan?
-
Valentin
50.
2 fevral kuni
AQSh
va Kanada
da ushbu bayram nishonlanadi?
-
Sug‘ur kuni
28
.
Muzlatkich
10. O’tgan asrning yigirmanchi yillarida Kanadalik
ishbilarmonlar AQShdagi muzlatkich ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga qarshi o‘ziga
xos kurash boshlashdi, nima uchun?
-
Ular muz sotishgan.
20.
Dastlabki
muzlatkichlar “Jeneral elektrik” firmasi tomonidan 20 asr boshida chiqarila boshlagan.
Ularning ikkita noqulay tarafi bo‘lgan, birinchidan o‘zidan yomon hid chiqargan,
ikkinchisini toping?
-
Shovqin
30. Ushbu shartnoma imzolangach kritiklar tomonidan
“AQSh xukumati shuncha katta xolodilnikni nima qiladi?”, “Pr.E.Jonson oq ayiqlar
uchun park qurmoqchimi?”, degan tanqidlar gazetalarga tinmay yozilgan?
-Alyaskani sotib olish.
40. Sobiq SSSRda dastlabki muzlatkichlar aynan
shu shahardagi traktor zavodida ishlab chiqarila boshlagan?
-Xarkov
50. 1990 yillar o‘rtalarida AQShda chiqqan ovozli
xolodilnik mashinaning temperaturasini, elektroenergiya manbaidagi uzilishlarni,
kondensatorni tozalash kerakligi kabi ma’lumotlardan tashqari aynan shuni ham
eslatib turardi?
-Xolodilnik eshigi to‘liq berkitilmaganligini
29
.
Mashhurlar
10.
1789 yil Nyu Jersi shtatida tug‘ilgan bu inson aytishlaricha Chingachkukning barcha
harakatlarini oldindan bilib turgan ekan. Kim u?
-F
enimor
Kuper
20. 1951 u
daydiga, 1955 yili janobga, 1970 yili masxarabozga aylanadi.
Uni
toping?
-Raj Kapur
30.
Qo‘rqinchli
asarlari bilan mashhur E
dgar
Alan
Po “Onamga” deb nomlangan
she’rini aynan shu insonga bag‘ishlagan?
-
Qaynonasiga
40.
1876 yili ushbu shved mexanigi Stokgolmda telegraf
jihozlarini tuzatish ustaxonasiga asos soldi.
Familiyasini toping.
-
Eriksson
50. Belgiyalik bu qurolsoz aka-ukalar 1880 yildan
boshlab o‘zlarining mashhur mahsulotlarini ishlab chiqara boshlashdi.
-
Nagan
3
0. Haqiqat shu yaqin atrofda
10. Yunon dahosining fikriga ko‘ra haqiqatning
onasi u emish?
-Bahs
20. Gamletning otasining ismi aynan shunday bo‘lgan?
-Gamlet
30. FBRning ikki agenti haqidagi ushbu mashhur
serialda mavzumiz tez-tez takrorlanib
turadi?
-X-files
40. (Mushuk. Mavzu - It zoti) 19 asrda Germaniyaning
ushbu kichik shaharchasida katta chorva mollari bozori bo‘lgan va ushbu bozorni
qo‘riqlash uchun juda ko‘p mahalliy itlardan foydalanishgan. Yaxshilab o‘ylab ko‘rib,
bu shaharchani nomini ayting?
-Rotveyl
50.
Auktsion. V.Voroshilovning tvdagi ilk
ko‘rsatuvi aynan shunday nomlanadi?
-Auktsion
31.
Aka-Ukalar
10
.
Aynan shu aka-ukalar
haqida F.Dostoevskiy asar yozgan?
-Karamazovlar
20.
Kattasi
Yakob, kichigin
asin
iki
Vilgelm edi?
-Grimmlar
30
.
Kichigi Adolf Adidasga
,
akasi Rudolf esa
aynan shu firmaga asos soladi?
-Puma
40.
1
925 yili aka-uka
Uornerlar aynan shu kompaniyaga asos solishdi?
-Uorner brozers
50
.
1992
yilgi Yevropa chempionatida Daniya tarkibida aynan shu aka-ukalar yetakchi
o‘yinchi bo‘lishdi?
-Laudruplar
32.
Sportc
h
ilar
10.
Qozog‘istonlik
ushbu mashhur sportchining daromadi har
mavsum
da 2 mln.
Y
evro deb baholanyapti?
-A.Vinokurov
(velosport)
20
.
AUKSION:
2007
yili bir musobaqa
oldidan aynan shu sportchiga
r
eytingda uzoq muddat birinchi o‘rinda turi
b
, rekord o‘rnatgani
uchun 1 raqami shaklidagi tort taqt
d
im etildi?
-Roje Federer
30.
"Avstraliyalik
torpedo" laqabli sportchi?
-Yan Torp
40.
W
AVA
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra aynan shu sportchilar dopingning yangi
turlariga juda o‘ch bo‘lisharkan?
-Velosiped
chilar
33
.
I
kki marotaba takrorla
-2
10
.
Germaniya janubidagi
kurort sha
h
ar?
-Baden-baden
20.
Singal
tilida kuchsizlik
, q
uvvatsizlik
so‘zini ikki marotaba takrorlang?
-Beri-beri
30
.
Qizil suv o‘tlarining
hujayra devorlarida bo‘l
u
vchi
ushbu yarimsaxarid
q
andolat
s
a
noatida keng
foydalaniladi?
-
A
gar-agar
4
0.
Mushuk.
(Simvol)
. 1603
yili Sv.Georgiy va
Andrey Pervozvann
i
y
belgilari
birlashtirilishi natijasida u paydo bo‘ldi?
-Yunion Djek
50.
1978 yili
aynan shu ingliz pop guruhi tuzildi?
-Dyuran-dyuran
3
4.
Pe
nsn
e
dan pins
e
tgac
h
a
10.
Mavzumiz
bag‘ishlangan rus yozuvchisi?
-A.P.Chexov
20.
Chexov
yoshligida aynan shu taxallus bilan ijod qilgan?
-Ayatosha Chexonte
30
.
Chexov shu shaharda
tug‘ilgan?
-Taganrog
40.
“
Tilofdagi
inson" asarining qahramonlaridan biri qaysi so‘zni takrorlashni
yoqtirgan?
-Antropos
50
.
-Chayka
35
.
Ch
to
?
G
de
?
K
ogda
?
10
.
Uning laqabi Fomka
bo‘lib, klubda 1977 yili paydo bo‘lgan?
-Boyqush
20.
O
stankino
teletsentri
- Bu joylarda “Chto? Gde? Kogda?”
ko’rsatuvi suratga olingan
30.
AUKSION:
Dastlab vol
ch
ok
x
ozirgisidan farqli
o‘laro
q
aynan shu vazifani
bajargan?
-Javob beruvchini ko‘rsatgan
40. 1987 yili
“
Chto?
Gde? K
ogda?”
ning
5
ta o‘yini aynan shu
davlatda o‘tkazildi?
-Bolgariya
50. Yaqinda ushbu bilimdonning "МЫ?, MЫ!" nomli kitobi
chiqdi?
-Barvdevskiy
36
.
Pit
e
r
10
.
Pushkinning mis
chavandoz she’rida Piterda aynan shunday voqea ro‘y beradi?
-Neva toshadi
20
.
Piter tarixida ko‘plab
yubileylari bo‘lib o‘tgan, aytingchi uning nechchi yillik yubileyi muddatidan 5
yil keyin o‘tkazilgan?
-250
yilligi
30
.
P
iterdagi dastlabki
ajraluvchi mostlardan biri A.D.Menshikov tomonidan qurilgan
bo‘lib,
undan o‘tish pullik
edi.
Piyodalardan 1 tanga,
otli
q
larda
n
2
tanga
,
aravalardan 5 tanga
olingan.
Eng baland nar
x
bir rubl nimalardan
olingan
?
-Kema
l
ardan
4
0.
1714 yildagi P
yo
tr
I
ning farmo
n
iga muvofiq Piterga
keluvchi har bir kema o‘zi bilan
30
ta, qayi
q
,
100 ta
ot-arava
,
3
ta 5-10 futgacha og‘irlikdagi shu narsani olib
kelishi shart
edi?
-Tosh
50.
Piter
gerbida
gi
yakerlar shaharning
port shahar ekanligini bildiradi.
Aytingchi
unda nega uning gerbida 2 ta yaker tasvirlangan?
-Chunki Piter ham dengiz
,
ham daryo porti
hisoblanadi
37
.
Multik
10.
Bo‘riga
Papanov,
q
uyongachi?
-Rumyanova
20.«Argument
i
i fakt
i
» gazetasida bir
cherepitsa ishlab chi
q
aruvchi
firma reklamasi
chi
qq
an.
Ushbu reklamada
cherepitsalar surati bilan birgalikda bir mult
q
axramonning
h
am rasmi bor. Qaysi
qahramon?
-Karlson
30. Bu kompaniya dastlab bolalarni qo‘rqitib, keyinroq kuldirib
energiya ishlab chiqargan?
-
Monstrlar shirkati
40.
Suaxili
tiliga "xavotirlanishga o‘rin yo‘q" so‘zlarini
tarjima qiling?
-Akuna matata
50.
Diego, Manfrid va Sid
aynan shu davrda do‘stlashishadi?
-Muz davrida
38
.
Soy
a
lar
10.
Mushuk.
(Inshoatlar): Vandenberg (AQSh), Kuru (Frantsiya), Kagosima
(Yaponiya), Vumera (Avstraliya), Overberg (JAR), San-marko (Italiya), Xarikota
(Hindiston)... ushbu qatorni bizga eng yaqini va eng mashhuri bilan davom
ettiring?
-Baykonur, bular dunyodagi
kosmodromlar.
20.
Planetalarning
soyadagi va yori
t
ilgan
q
ismini ajratib
turuvchi chegara aynan shunday ataladi?
-Terminator
30
.
Ushbu mashhur romannig
birinchi bobi “Rishele soyasi” deb ataladi?.
-“20 yil o‘tib”
(A.Dyuma)
40. Vonnegut aytishicha, "Chol va dengiz" asari Xemingueyning
aynan shu romani qatti
q
tanqid qilinishi natijasida yozilgan?
-"Daryo ortidagi daraxtlar
soyasida"
50
.
Ispanchasiga
"soya" s
o’
zini
tarjima qiling?
-Sombrero
Savollar muallifi
Raimqulov Nozim ©
Кейинги ўйин
Олий Лига-2012.
1-тур. 5-ўйин.
Шавкат Улуғов жамоаси
4 март. Якшанба. Соат 21.45 да. "Ўзбекистон" телеканали
Батафсил тақвим >>> Охирги ўйинОлий Лига-2012
Изоҳ: ў - Ўйин o - очко о/н - очколар нисбати
Ўйинлар:
1-тур. 1-ўйин.
Зуҳриддин Ёмиддинов
![]()
1-тур. 2-ўйин.
Музаффар Сатторов
![]()
1-тур. 3-ўйин.
Бобур Ёқубов
![]()
1-тур. 4-ўйин.
Жобир Аҳмедов
![]() 1-лига Кубоги. 1-тур.
Батафсил рейтинг >>> СўровномаСўровномаЗаковат - Facebook да! |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
![]() |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Copyright © MTRK, 2008-2012.
All Rights Reserved. |
|