. . . ЗАКОВАТ КИТОБИ

 Дақиқа қадри

Азиз мухлислар!
Энди сиз "Дақиқа қадри" китобини сайтимиздан бепул кўчириб олишингиз мумкин.



Онлайн ўқиш


. . . Алоқа учун

Кўрсатув муаллифи
Абдурасул Абдуллаев
zakovat@mtrk.uz  

Савол йўллаш
zakovat@mtrk.uz

Ҳомийлар учун
Тел: (8-371) 223-46-32

Сайт администратори
Саидакром Расулов
s.raculev@gmail.com  

. . . Ҳисоблагич


 
Билимдонлар оламига хуш келибсиз!             

Toshkent shahar ochiq chempionati

2010-yil yurtimizda “Barkamol – avlod yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan 18 aprel kuni “Zakovat” Intellektual klubi tomonidan Toshkent shahar ochiq chempionati tashkillashtirildi. Ushbu ochiq chempionat har yili an’anaga aylangan “Zakovat Festivali”ning analogi hisoblanib, bu yil festival oldingilaridan farqli ravishda Toshkent shahar ochiq chempionati maqomida o’tkazildi. Mazkur musobaqa o’z nomi bilan “ochiq chempionat” bo’lib, unda viloyatlardan ham jamoalar ishtirok etishi mumkin edi. Buning isbotini Buxoro, Andijon, Qashqadaryo va Samarqand viloyati jamoalari qatnashganligidan ham ko’rishimiz mumkin.

O’tkazilgan musobaqada jami 16 ta jamoa ishtirok etdi. Chempionat 4 turdan iborat bo’lib, har turda jamoalarga 12 tadan savol berildi. Shu tariqa jami 48 ta savol orqali chempion jamoa nomi aniqlandi.

Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy bo’ldi. Aytish mumkinki, ushbu chempionatda yuqori 3 ta o’rinni egallagan jamoa Oliy Liga-2011 o’yinlari uchun ekran orqali bo’ladigan Kuzgi Saralash bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishi ham jamoalar orasidagi kurashni yanada keskinlashtirdi.

Dastlabki turdan so’ng yaqqol favoritni aniqlashning imkoni bo’lmadi, deyarli barcha jamoalar teng imkoniyatga ega edilar.

 

1-turdan keyingi vaziyat

 

Jamoa nomi

Jami

1 -tur

1

Milliy tiklanish (Buxoro)

5

5

2

Irfon (Islom Universiteti)

4

4

3

A-Z (Andijon)

4

4

4

Moliyachi (Moliya Instituti)

4

4

5

Blits ( Toshkent)

3

3

6

Marvell (Westminstr)

3

3

7

Start ( Toshkent)

3

3

8

Registon (Samarqand)

3

3

9

Sharqshunos (Sharqshunoslik Universiteti)

2

2

10

Intellekt   (JIDU)

1

1

11

Nizomiy (Pedagogika Universiteti)

1

1

12

Avesto (Samarqand)

1

1

13

Iqtidor (Qashqadaryo)

1

1

14

Singapur (MDIS)

0

0

15

Donish (Avtomobil yo’llari instituti)

0

0

16

Kimyo (Kimyo-texnologiya instituti)

0

0

 

2-turda esa Buxorodan tashrif buyurgan “Milliy tiklanish” jamoasi juda yaxshi qatnashib, eng yaqin ta’qibchisidan 4 ochkoga ilgarilab ketdi. Lekin 2 va 3-o’rinlarni qaysi jamoa olishni hatto tasavvur qilib ham bo’lmasdi. Eng sensatsion natija bu oxirgi 2 yildagi Festival chempionlari Andijonning “A-Z” jamoasining muvaffaqiyatsiz ishtiroki bo’ldi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Ular 2-turdan keyin bor-yo’g’i 8-o’rinda ketishayotgandi. Shundan bilish ham mumkinki, musobaqaga qolgan jamolar ham yuqori saviyada tayyorgarlik ko’rishgandi.

 

2-turdan keyingi vaziyat

 

Jamoa nomi

Jami

1 -tur

2 -tur

1

Milliy tiklanish (Buxoro)

12

5

7

2

Blits ( Toshkent)

8

3

5

3

Marvell (Westminstr)

7

3

4

4

Start ( Toshkent)

7

3

4

5

Registon (Samarqand)

7

3

4

6

Moliyachi (Moliya Instituti)

7

4

3

7

Irfon (Islom Universiteti)

6

4

2

8

A-Z (Andijon)

4

4

0

9

Singapur (MDIS)

4

0

4

10

Intellekt   (JIDU)

3

1

2

11

Avesto (Samarqand)

3

1

2

12

Iqtidor (Qashqadaryo)

3

1

2

13

Nizomiy (Pedagogika Universiteti)

2

1

1

14

Sharqshunos (Sharqshunoslik Universiteti)

2

2

0

15

Kimyo (Kimyo-texnologiya instituti)

1

0

1

16

Donish (Avtomobil yo’llari instituti)

0

0

0

 

2-turdan so’ng ko’pchilik “Milliy tiklanish” jamoasi 1-o’rinni naqd qilib qo’ydi deya o’ylayotgan bir vaziyatda Toshkent shahrining “Blits” jamoasi hali bunga vaqtli ekanligini 3-turda barchaga uqtirib qo’ydi. Haqiqatdan ham 3-turda ushbu jamoaning rosa “ketmoni uchdi’. Ular Buxoro jamoasi bilan oradagi farqni tenglashtirib oldilar. Eng qiziq vaziyat esa ekran o’yinlariga so’ngi yo’llanmani beruvchi 3-o’rin uchun bo’layotgan kurashda birvarakayiga 7-8 ta jamoaning teng imkoniyatga ega ekanligida edi.

 

3-turdan keyingi vaziyat

 

Jamoa nomi

Jami

1

2

3

1

Milliy tiklanish (Buxoro)

15

5

7

3

2

Blits ( Toshkent)

15

3

5

7

3

Irfon (Islom Universiteti)

9

4

2

3

4

Start ( Toshkent)

9

3

4

2

5

Registon (Samarqand)

9

3

4

2

6

Moliyachi (Moliya Instituti)

8

4

3

1

7

Marvell (Westminstr)

8

3

4

1

8

A-Z (Andijon)

6

4

0

2

9

Singapur (MDIS)

6

0

4

2

10

Intellekt   (JIDU)

5

1

2

2

11

Nizomiy (Pedagogika Universiteti)

5

1

1

3

12

Avesto (Samarqand)

4

1

2

1

13

Sharqshunos (Sharqshunoslik Universiteti)

3

2

0

1

14

Iqtidor (Qashqadaryo)

3

1

2

0

15

Donish (Avtomobil yo’llari instituti)

2

0

0

2

16

Kimyo (Kimyo-texnologiya instituti)

1

0

1

0

 

Shunday qilib, barcha masalalar so’ngi 4-turda hal bo’ldi. Avval 3-o’rin taqdiri haqida so’z yuritsak. 3-o’rin uchun bir qancha kuchli jamoalar kurashayotgan edi. Xususan, Islom Universitetining “Irfon”, Toshkent shahrining “Start”, Toshkent Moliya Institutining “Moliyachi” jamoalari, shuningdek o’tgan yilgi Festivalda 3-o’rinni egallab ekran orqali o’yinlarda ham ishtirok etgan Samarqand Iqtisodiyot-Servis institutining “Registon” jamoasi shular jumlasidan edi. Lekin o’sha kuni omad umuman boshqa jamoaga kulib boqdi. Toshkent Xalqaro Vestminstr institutining “Marvell” jamoasi so’ngi 4-raundda barchadan ko’p ochko olgan holda oldindagi raqiblarini ortda qoldirib ketdi. Ushbu jamoa 3-turdan keyingi natijalar bo’yicha bor-yo’g’i 7-o’rinda ketishayotgan edi. “Zakovat” chempionatining qiziq tomoni ham shundaki, oldindan bir narsa deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. Bu o’yinda hamma narsa bo’lishi mumkin. Ushbu holat ham buning yaqqol isboti bo’ldi. Yana shuni ta’kidlash joizki, 4-turdan keyin “Irfon” hamda “Marvell” jamoalari bir xilda, ya’ni 11 tadan ochko to’plashgandi. Lekin chempionat qoidasi bo’yicha, eng oxirgi bo’lib berilgan 3 ta savolda (46, 47, 48-savollar) qaysi jamoa ko’proq ochko to’plagan bo’lsa, o’sha jamoa g’olib deb topilardi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu borada “Marvell” jamoasining omadi keldi. Ular so’ngi raundlarda “otni yaxshiroq qamchilashgani” ma’lum bo’ldi. Va haqli ravishda 3-o’rinni egallashdi.

Endi 1-o’rin haqida. So’ngi tur oldidan ikkita jamoa bir xilda ochko to’plagan va chempionlik uchun da’vogarlik qilayotgan edi. Barchaning asablari taranglashgan va hayajoni bir necha marta ortgan bunday vaziyatda tajriba baribir o’z so’zini aytdi. Bir necha yildan buyon “Zakovat” Intellektual klubi o’yinlarida qatnashadigan hamda “Zakovat festivali”ning dastlabki ikki yilida chempion bo’lishga erishgan Buxorolik bilimdonlar tashabbusni o’z qo’llariga olishga erisha oldilar. Bor-yo’g’i 1 ochkolik farq ularni nihoyat 2 yillik tanaffusdan keyin yana Chempion bo’lishiga zamin yaratdi.

 

Demak, tanishing: “Barkamol avlod yili” munosabati bilan o’tkazilgan Toshkent shahar ochiq chempionatining g’olibi – Buxoroning “Milliy tiklanish” jamoasi!

 

Yakuniy natijalar:

 

Jamoa nomi

Jami

1

2

3

4

1

Milliy tiklanish

17

5

7

3

2

2

Blits

16

3

5

7

1

3

Marvell

11

3

4

1

3

4

Irfon

11

4

2

3

2

5-6

Start

10

3

4

2

1

5-6

Registon

10

3

4

2

1

7

A-Z

8

4

0

2

2

8

Singapur

8

0

4

2

2

9

Moliyachi

8

4

3

1

0

10

Intellekt

7

1

2

2

2

11

Nizomiy

6

1

1

3

1

12

Sharqshunos

5

2

0

1

2

13

Avesto

4

1

2

1

0

14

Iqtidor

3

1

2

0

0

15

Donish

3

0

0

2

1

16

Kimyo

2

0

1

0

1

 

Shunday qilib, Oliy Liga-2011 o’yinlari uchun ekran orqali bo’ladigan Kuzgi Saralash bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan barcha jamoalar nomi aniq bo’ldi. Bular quyidagilar: Toshkent Xalqaro Institutining “Marvell” jamoasi, Toshkent shahrining yana bir “Blits” jamoasi hamda Buxoroning “Milliy tiklanish” jamoalari. Ulardan endi kuzda chiroyli o’yinlar kutib qolamiz.

 

 

 Toshkent shahar ochiq chempionati g'olibi - "Milliy tiklanish" jamoasi

 

 

 

 



 

Кейинги ўйин

 
Олий Лига-2018.

1-тур. 10-ўйин.

Фаррух Рафиқов  
жамоаси

6 май
Соат 18:20


"Ўзбекистон" телеканали



Охирги ўйин

Олий лига-2018.
1-тур. 9-ўйин.

4-6

Саидакром Расулев жамоаси

Олий лига-2018 1-тур натижалари

Жамоа Ҳисоб
1 Бахромжон Ғофуров 
3-6
2 Отабек Хамзаев
4-6
3 Фируз Хўжаев 
4-6
4 Нуриддин Давронбоев 
2-6
5 Аббос Салайдинов 
5-6
6 Жаҳонгир Холбоев 
3-6
7 Жобир Аҳмедов 
4-6
8 Аваз Нўмонов 
6-4
9 Саидакром Расулов  4-6
10 Фарруҳ Рафиқов 

Саралаш-рейтинг 2017/18 (8-тур)

Жамоа
O
1
Жобир Аҳмедов 
84
2
Но Коммент
75
3
Ренессанс
74
4
Тайм
72
5
Бинго
71
6
Менса
70
7
Фаррух Рафиков
69
8
Легион
67
9
Эсперо
61
10
Асрор Норкулов
54

Баҳорги мавсум ўйинлари (8-тур)

Жамоа
O
1
Жобир Аҳмедов 
68
2
Легион
50
3
Фаррух Рафиков
44,5
4
Ренессанс
44
5
Эсперо
41
6
Бинго
34,5
7
Тайм
29,5
8
Но Коммент
28,5
9
Менса
26,5
10
Асрор Норкулов
24,5


Сўровнома

"Заковат" Интеллектуал ўйинини кўриб борасизми?

Заковат - Facebook да!